Eplolmadinglar, yaxşisi «rastamojkani» oçaylik» — Kuşerbayev

Eplolmadinglar, yaxşisi «rastamojkani» oçaylik» — Kuşerbayev

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev “UzAuto Motors” kompaniyasi bergan bayonotiga özining Telegram kanalida munosabat bildirdi.

Deputat munosabatida Özbekistonda “rastamojka”ni oçiş vaqti kelganini taʼkidlab, “UzAuto Motors”ning bayonotini bunga asos sifatida körsatmoqda.

“Aylanib kelib şaroit “rastamojka”ni olib taşlaş kerakligini körsatmoqda. Menimça buni turli kasalliklar tarqalişiga yöl qöyib, global tanqislik paydo qilgan tabiatni özi ham istamoqda: bu yurt isteʼmolçilarini masʼullari, monopolistlari eşitmadi, tabiat eşitdi.Isteʼmolçilarni oğir va tanlovsiz ahvolda qoldirib foyda qilib kelgan kompaniya boşimizga oğir kun tuşdi, deb isteʼmolçilarga murojaat qilmoqda.Nonsens: özimiznikilarga qaçon turib berganding-u, endi qaysi bet bilan çiqayapsan? Bunaqa murojaat bilan avtomobilni eksport uçun sifatli ham arzon sotgan horijliklarga çiqsa mantiqan töğri bölardi.Örtoqlar yetar endi eplolmadinglar, baribiri boşqalardek öz xalqingizga mard va vatanparvar bölolmaysizlar.  Yaxşisi “rastamojkani” oçaylik!“, — deb yozdi Kuşerbayev.
×