Erkak qaynonasini öroq bilan öldirdi

Erkak qaynonasini öroq bilan öldirdi

2021 yil 19 aprel kuni Pastdarğom tumanida yaşovçi A.B. mast holatda sobiq turmuş örtoği Ş.R.ning Samarqand tumani, “Qaynama” MFYdagi uyga farzandini körişga kelib, qaynonasi A.G. uni farzandi bilan uçraşişga qarşilik qilganligi oqibatida yuzaga kelgan özaro janjal davomida, A.B. özi bilan olib kelgan öroq bilan marhumaning kökrak va bel sohalariga qasddan urib, hayoti uçun xavfli bölgan tan jarohati yetkazganligi oqibatida, u hodisa joyida vafot etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, marhumaning ölimi kökrak va bel sohasiga ön ikki marotaba teşib ötuvçi sançilgan-kesilgan yarasidan ötkir qon yöqotişidan kelib çiqqan. 

Voqea joyiga viloyat prokurori R.Maşaripov, viloyat prokurori birinçi örinbosari X.Qobulov, Samarqand tuman prokurori J.Sanayev, tuman IIB boşliği A.Toşev hamda boşqa tezkor-tergov guruhi aʼzolari çiqişgan.

Samarqand tuman prokurori tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, u himoya huquqi taʼminlangan holda JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.

Hozirda, jinoyat işi böyiça Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Jinoyat işi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

×