Namanganda 2020 yil 1 yanvar holatiga köra 127 mingdan oşiq fuqaro uzoq muddatga xorijga ketgani aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB boşliği Odil Otaxöjayev maʼlum qildi, deya xabar beradi «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev.
Uzoq muddat xorijda yurganlarni yaşaş manzillariga qaytariş va bandligini taʼminlaş böyiça olib borilgan çora-tadbirlar natijasida ularning 60 ming nafardan oşiği uylariga qaytdi, 44 ming nafari işga joylaştirildi.
Olib borilgan örganişlar davomida namanganlik 1,5 mingdan ortiq uzoq muddat çet ellarda yurgan fuqarolar umuman oilasiga pul jönatmayotganligi, 3000 nafardan ortiği esa atigi 50-60 AQŞ dollari miqdorida pul jönatayotganligi aniqlangan. Ulardan 113 nafari oila aʼzolari bilan umuman aloqaga çiqmayotgani maʼlum böldi.
Hozirgi kunda Namanganda uzoq muddatga xorijga ketganlar 70 mingdan oşiq kişini (60 mingga yaqini erkak, 10 mingdan köproği ayol) taşkil etmoqda. Ulardan 36 ming nafari Rossiyaga, 22 ming nafari Qozoğistonga, 1300 nafari boşqa çet davlatlariga ketgan. Aksariyati — 67 mingdan ortiği çet elga işlaş uçun çiqib ketgan.









