AQŞ Zelenskiyni evakuatsiya qilmoqçi. Prezidentning javobi qanday?

AQŞ Zelenskiyni evakuatsiya qilmoqçi. Prezidentning javobi qanday?

AQŞ hukumati zarurat tuğilganda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Kiyevdan evakuatsiya qilişga tayyorligini maʼlum qildi. Bu haqda “The Washington Post” Ukraina va Amerika manbalariga tayanib xabar bermoqda.  

Oq uydan bunday taklif Zelenskiyni qölga oliş yoki uning rus bosqinçi kuçlari tomonidan öldirilişining oldini oliş maqsadida kelgan. Ammo Prezident ketişdan boş tortgan. 

Yuqori martabali manbaning aytişiça, AQŞ rasmiylari sönggi kunlarda Zelenskiy bilan “turli xil xavfsizlik masalalari, jumladan hukumat uzluksizligini taʼminlaş maqsadida Zelenskiy uçun eng xavfsiz joylar” haqida gaplaşgan. 

Maʼlumot örnida, 24 fevral kuni Zelenskiyning mamlakatdan qoçgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ukraina Prezidenti maʼmuriyati bu xabarlarni “haqiqatdan yiroq” deb atadi va mamlakat rahbari öz ofisida işini davom ettirayotganini maʼlum qildi.

×