Afğonistonda hokimiyatni qölga olgan “Tolibon” harakati mamlakatda yangi, inklyuziv hukumatni şakllantiriş ustida işlamoqda. Harakat tez orada yangilangan hukumat tarkibini eʼlon qilişi mumkin. Bu haqda Afğoniston muvaqqat Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari Abdul Salam Hanafiy Qobuldagi elçixona vakillari bilan uçraşuvda maʼlum qildi.
“Inklyuziv Vazirlar Mahkamasini şakllantiriş böyiça harakatlar davom etmoqda va bu haqdagi maʼlumotlar tez orada eʼlon qilinadi”, deya taʼkidlagan Abdul Hanafiy.
Maʼlumot örnida, joriy yilning 6 sentyabr kuni "Tolibon" butun Afğoniston hududi ustidan nazorat örnatilganligini, 7 sentyabrda esa faqat harakat aʼzolari va asosan Afğonistondagi eng yirik etnik guruh – puştunlardan iborat muvaqqat hukumat tuzilganini eʼlon qildi. Şu munosabat bilan köplab davlatlar bu Vazirlar Mahkamasi inklyuziv emasligini aytib, uni tan oliş masalasini körib çiqmadi.
Ayni paytda "Tolibon" vakillari öz hukumatini inklyuziv deb bilişlari va uning xalqaro miqyosda tan olinişi uçun barça şart-şaroit bajarilganligini bir neça bor taʼkidlagan.









