Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 22 sentyabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qiliş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Butun dunyoda raqamli texnologiyalar barça soha va odamlar hayotiga jadal kirib bormoqda. Bu yönalişga öz vaqtida kirişgan davlatlar rivojlanib, aksinça, eskiça işlaganlar taraqqiyotdan orqada qolyapti.
2020 yil mamlakatimizda «Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili» deb eʼlon qilinib, bu borada katta işlar boşlandi. Xususan, 28 aprelda davlatimiz rahbarining «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Bugungi videoselektor yiğilişida şu borada amalga oşirilayotgan işlar, joriy yil yakuni va 2021 yil birinçi çoragiga möljallangan loyihalar muhokama etildi.
— Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlaştirişsiz natija, rivojlaniş bölmasligini tuşunib yetişi şart. Barça darajadagi rahbarlar buni öziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlaştiriş sohasini alifbosidan boşlab çuqur örganişi kerak, — deya taʼkidladi Şavkat Mirziyoyev.
Joriy yil yakuni böyiça har bir tarmoq va hudud rahbari raqamli iqtisodiyot sohasida keskin özgariş qilişi zarurligi aytildi. Prezident bu yangilanişlarni odamlar öz hayotida, byurokratiya va korruptsiya kamaygani misolida, davlat xizmatlarini körsatiş tezlaşganida sezişi lozimligini taʼkidladi.

Tuman va şahar hokimlari bir oyda 2-3 kun faqat raqamlaştiriş bilan şaxsan şuğullanişi belgilandi. Ularning faoliyatiga hududda raqamlaştiriş qay darajada yölga qöyilganiga qarab baho beriladi. Bu sohada yaxşi natija körsatgan rahbarlarga 30 foizgaça ustama joriy qilinadi.
Davlatimiz rahbari har doim avvalo aholi eng köp töqnaş kelayotgan sohalarni raqamlaştiriş, odamlarning oğirini yengil qiliş zarurligini taʼkidlaydi. Şu talabdan kelib çiqib, işçi guruhlar tomonidan 530 ta hududiy va 280 ta tarmoq loyihasi tayyorlangan.
Xususan, joriy yil yakunigaça 14 va kelgusi yil birinçi çoragida yana 14 tumanda odamlar eng köp murojaat qiladigan soğliqni saqlaş, kadastr, ijtimoiy himoya, qişloq xöjaligi, taʼlim yönalişlarini raqamlaştiriş böyiça 239 ta loyiha amalga oşiriladi.
Masalan, «Elektron poliklinika» tizimini joriy qiliş orqali qoğoz hujjatlar 40 foizga, navbat kutiş 60 foizga qisqaradi. Buning uçun markaziy şifoxona va poliklinikalarni töliq raqamlaştiriş lozim.
Bugungi kunda Toşkent şahrida elektron tibbiyot kartasi, elektron şifoxona hamda şoşilinç tibbiy yordam tizimlari joriy etilmoqda. Uşbu dasturlar kelgusi yili Andijon, Namangan, Farğona, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida yölga qöyilişi aytildi. Şuningdek, «elektron kundalik», «elektron darslik», «öqituvçilarni baholaş» tizimlarini barça hududlarda joriy etiş zarurligi taʼkidlandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga joriy yilda belgilangan 14 tumanda ijtimoiy muassasalarni töliq raqamlaştirib, qolgan hududlar uçun namuna qiliş böyiça körsatma berildi.
Raqamlaştiriş iqtisodiyot tarmoqlarida tejamkorlik va samaradorlikni taʼminlaydi. Masalan, Toyloq va Oqdaryo tumanlaridagi şağal kavlab oliş karerida maşinalarning yuk hajmini nazorat qiliş tizimi yölga qöyilgani natijasida oylik tuşum 3 milliard sömdan 8 milliard sömga oşgan.
Davlat soliq qömitasiga noruda karerlardan foydalanişda «yaşirin iqtisodiyot»ga barham beriş, buning uçun yer qaʼri kavlanişi, yuk hajmi va maşinalar harakatini nazorat qiluvçi elektron tizimlarni işga tuşiriş vazifasi yuklatildi.
Yiğilişda sanoat tarmoqlarida amalga oşiriladigan loyihalarga alohida eʼtibor qaratildi.
— Raqamli iqtisodiyotsiz mamlakat iqtisodiyotining kelajagi yöq, — deya taʼkidladi Prezident.
Kelgusi uç yilda neft, gaz va energetika sohasida 18 ta, metallurgiya böyiça 12 ta, avtosanoat tizimida 9 ta, kimyo sanoatida 8 ta, toğ-kon geologiya tarmoğida 4 ta raqamlaştiriş loyihasi rejalaştirilgan.
Misol uçun, Muborak va Şörtan neft-gaz korxonalarida avtomatlaşgan dispetçerlik xizmati joriy etilgani tufayli yiliga 50 million kub metr gaz va 650 ming kilovatt-soat elektr energiyasini iqtisod qilişga zamin yaratildi. Asakadagi avtomobil zavodida logistika, xaridlar, xomaşyo va butlovçi qismlar harakatini raqamlaştiriş orqali 41 million dollar tejaş mumkin. Olmaliq toğ-kon metallurgiya kombinatidagi «Yoşlik-1» va «Qolmoqqir» konlarida transport kompleksi avtomatlaşgan boşqaruv tizimini joriy qiliş ham şunday samarali loyihalardan. Bu orqali yiliga 28 milliard sömlik mablağ tejaladi.

Prezident barça loyihalarga masʼullarni belgilab, ularni muddatida, sifatli bajariş, xalqaro moliya taşkilotlari mablağlarini yönaltiriş böyiça körsatmalar berdi.
Boş vazir va uning örinbosarlariga ön kun muddatda özlari masʼul bölgan soha va tarmoqlarni raqamlaştiriş böyiça joriy va kelgusi yil uçun rejalar işlab çiqiş yuklatildi.
Raqamli iqtisodiyotni joriy etiş va unumli işlatiş, albatta, mutaxassislarga boğliq. Şu bois kadrlar tayyorlaşga har tomonlama ahamiyat berilmoqda. Ötgan yili Toşkent şahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki bunyod etilgan edi. Andijon va Marğilon şaharlarida uning filiallari oçildi. Poytaxtimizda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi hududida yana bir filial binosi qurilmoqda. Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda axborot texnologiyalarini çuqur öqitişga ixtisoslaştirilgan 205 ta maktab taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Xalq taʼlimi vaziriligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga joriy yilda 14 ta, kelgusi yilda 82 ta ixtisoslaştirilgan maktab taşkil etiş vazifasi qöyildi.
Toşkent axborot texnologiyalari universiteti va IT-parklarda axborot texnologiyalari öqituvçilarini tayyorlaş hamda ularni sertifikatlaşning milliy tizimini joriy qiliş muhimligi qayd etildi. Malaka sertifikati olgan öqituvçilarga har oyda qöşimça 50 foiz ustama tölanadi. Şuningdek, öquvçisi «Bir million dasturçi» kursini muvaffaqiyatli yakunlagan maktab öqituvçilarini mukofotlaş yölga qöyiladi.
— Bugun körib çiqilayotgan masala rivojlaniş va xalqimiz hayotini yaxşilaş borasidagi işlarimizning eng katta zamini, — dedi Prezident. — Buni barça hudud va tarmoq rahbarlari tuşunib, dunyoqaraşini özgartirib, aytilgan vazifalar ijrosiga qattiq kirişişlari kerak.
Boş vazirga muhokama qilingan çora-tadbirlar ijrosini sohalar va hududlar kesimida nazorat qiliş topşirildi.
Videoselektor yiğilişida hokimlar raqamlaştiriş loyihalaridan xalqimizga qanday yengilliklar bölişi borasida axborot berdi.










