Yoşlarni işli qiliş böyiça hukumat qarori çiqdi

Yoşlarni işli qiliş böyiça hukumat qarori çiqdi

«Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlaş sohasida yoş mutaxassislarni rağbatlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Hukumat qarori (556-son, 31.08.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga köra, axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlaş sohasida yoş mutaxassislarni maqsadli öqitişni qöllab-quvvatlaş va ularni keyinçalik işga joylaştiriş mexanizmi joriy etiladi.

Qaror bilan quyidagilar taşkil etildi:

  • AT «Aloqabank» huzurida masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklida Vençur jamğarmasi;
  • masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklida «IT-bilimlarni rivojlantiriş markazi».

Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlaş sohasida keyingi 5 yil içida 100 minggaça yoş mutaxassislarni tayyorlaş, şuningdek, ularni keyinçalik işga joylaştirişda kömaklaşiş Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Şunga köra, har yili 5 yil içida mutaxassislarning sohada maqsadli tayyorlanişini va ularning startap-loyihalarini moliyalaştirişni taşkil etiş uçun Markazga 50 mlrd söm miqdorida amaldagi qayta moliyalaştiriş stavkasining yarmidan oşmagan holda qarz ajratiladi va u keyingi 5 yil içida bosqiçma-bosqiç qaytariladi.

Vazirlik va taşkilotlar ehtiyojidan kelib çiqib, Markaz tomonidan tanlangan taʼlim taşkilotlari örtasida har yili belgilangan maqsadli parametrlar doirasida buyurtma şakllantiriladi.

Taʼlim taşkilotlarida maqsadli öqiş uçun 16 yoşdan 35 yoşgaça bölgan Özbekiston fuqarosi nomzod böladi.

Nomzodlar Markaz tomonidan taʼlim taşkilotlari bilan birgalikda tanlov asosida tanlanadi.

Tanlab olingan nomzodlar (stipendiatlar) Markaz bilan ularning istiqboldagi daromadlarini uluş tarzida taqsimlaş töğrisidagi şartnomani (Income Share Agreement) tuzadi, unga köra axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlaş sohasida ularning öqişini tölaşga maqsadli qarz taqdim etiladi.

Stipendiatlar öqişni tugatgandan söng maqsadli qarz va uşbu qarz böyiça foizlarni qaytarişga majbur.

×