Tijorat banklariga Davlat byudjetidan mablağ ajratişning yangi tizimi joriy etildi.
2022/2023 öquv yilidan boşlab respublikadagi barça xususiy, xorijiy va davlat oliy, örta maxsus va professional taʼlim taşkilotlarida xotin-qizlarning tölov-kontrakt asosida öqişlari uçun imtiyozli şartlarda taʼlim kreditlari ajratiladi. Bu 18 iyul kuni prezident imzolagan qarorda nazarda tutilgan.
Taʼkidlanişiça, mazkur hujjat taʼlim taşkilotlarida tahsil oliş istagidagi xotin-qizlar uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oşirib borişni qöllab-quvvatlaş maqsadida qabul qilingan.
Unga köra, tijorat banklariga Davlat byudjetidan mablağ ajratişning yangi tizimi joriy etildi.
Kunduzgi, sirtqi va keçki taʼlim şakli uçun xotin-qizlarga:
tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylaştiriladigan depozit mablağlari hisobidan taʼlim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratadi;
taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy öqiş muddati tugagandan söng yettinçi oydan boşlab 7 yil davomida qaytariladi;
taʼlim krediti böyiça foiz stavkalarini söndiriş Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalaştiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan, ularni tijorat banklariga tölaş orqali amalga oşiriladi;
taʼlim kreditini rasmiylaştirişda va uning qaytarilişida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bölgan oila aʼzolari va boşqa uçinçi şaxs birgalikda qarz oluvçi sifatidaqatnaşişiga ruxsat etiladi.
Şuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uçun garov va kafilliklar talab etilmaydi.









