Korruptsiyaga qöl urgan şaxslarga nisbatan javobgarlik yanada kuçaytirilmoqda

Korruptsiyaga qöl urgan şaxslarga nisbatan javobgarlik yanada kuçaytirilmoqda

Kuni keça Oliy Majlis Qonunçilik palatasida “Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korruptsiyaga oid jinoyatlar uçun javobgarlik muqarrarligini taʼminlaşga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi.

Mazkur qonun loyihasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni hamda u bilan tasdiqlangan Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2021—2022 yillarga möljallangan davlat dasturi işlab çiqilgan.

Taʼkidlaş joiz, yurtimizda “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonun qabul qilingan. Unda “korruptsiya”, “korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar” tuşunçalari berilgan, “korruptsiya bilan boğliq jinoyatlar”, “korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar uçun javobgarlik”, “korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar töğrisida axborot berayotgan şaxslarni himoya qiliş” kabi tuşunçalar işlatilgan, lekin amaldagi Jinoyat kodeksida “korruptsiyaga oid jinoyatlar”ga qaysi turdagi jinoyatlar kirişi nazarda tutilmagan.

Şu sababli mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining sakkizinçi bölimi “korruptsiyaga oid jinoyatlar” degan yangi atama bilan töldirilib, 15 turdagi jinoyat tarkiblari korruptsiyaga oid jinoyatlarga kiritilmoqda.

Şu bilan bir qatorda, korruptsiyaga oid jinoyatlar uçun aybdor şaxsga nisbatan jazo çoralarini yanada kuçaytiriş maqsadida, jinoyatlar mansab mavqeini suiisteʼmol qiliş yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar uçun 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilmoqda.

“Pora oliş”, “pora beriş” va “pora oliş-berişda vositaçilik qiliş” qilmişlari uçun Jinoyat kodeksining tegişli moddalarining uçinçi qismi sanktsiyasi oğirlaştirilib, 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda.

Statistika böyiça mansabdor şaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 2018 yilda 556 mlrd, 2019 yilda 1,858 trln, 2020 yilda 500,1 mlrd, 2021 yilning 9 oyida 658 mlrd söm moddiy zarar yetkazilgan. Mazkur qonun loyihasi bilan mansabdor şaxslarga nisbatan çoralar kuçaytirilmoqda. Yaʼni “Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş”, “Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş”, “Hokimiyat harakatsizligi”, “Mansab soxtakorligi” va “Hokimiyatni suiisteʼmol qiliş, hokimiyat vakolatidan taşqariga çiqiş yoki hokimiyat harakatsizligi” jinoyatlar agar “ğarazgöylik” niyatida sodir etilsa, korruptsiyaviy jinoyat hisoblanişi belgilanib, mazkur harakatlar uçun oğirroq jazolar belgilanyapti.

Şuningdek, özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, firibgarlik, soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş uçun hukm qilingan, biroq jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni töliq qoplamagan şaxslarga hamda poraxörlik bilan boğliq jinoyatlarni sodir etgan şaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş va jazoni yengilroği bilan almaştiriş tatbiq qilinmasligi nazarda tutilmoqda.

Korruptsiyaga oid jinoyatlar uçun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlaş, bunday jinoyatlarni sodir etgan şaxslarga yengillaştiruvçi normalarni qöllaşni çeklaş maqsadida, javobgarlikdan va jazodan ozod qiliş muddatlari ijtimoiy xavfi katta bölmagan va unça oğir bölmagan korruptsiyaviy jinoyatlar uçun 10 yil, oğir va öta oğir korruptsiyaviy jinoyatlarga nisbatan esa tatbiq etilmaydi.

Bir söz bilan aytganda, qonun loyihasi mamlakatda korruptsiyaning oldini olişga, korruptsiyaga qöl urgan şaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini taʼminlaşga, xalqaro reyting va indekslarda yurtimizning örnini yaxşilaşga xizmat qiladi.

×