Sönggi kunlarda mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi bilan kasallaniş holatlari ortib borayotganligini inobatga olib, Soğliqni saqlaş vazirligining taklifiga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va çeklovlarga qöşimçalar kiritildi:
- joriy yilning 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toşkent şahriga qöşni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali öta zarurat bölmagan hollarda kiriş böyiça çeklovlar örnatildi;
- xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toşkent şahri aholisining 18 yoşdan katta bölgan barça qatlamini özlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infektsiyasiga qarşi Davlat byudjeti mablağlari hisobidan ihtiyoriy tarzda ommaviy emlanişi belgilandi;
- joriy yilning 28 iyunidan boşlab respublika böylab köngiloçar obʼektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter öyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlaniş obʼektlari – kafe, oşxona, çoyxonalarni işlaşiga soat 8:00 dan 20:00 gaça ruxsat beriladi;
- köngiloçar va umumiy ovqatlaniş obʼektlarida taşrif buyuruvçilarga uşbu muassasalarning umumiy siğimining 50 foizidan qatʼiy oşirmagan holda xizmat körsatiş belgilandi.









