Valyuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan şaxslar uşlandi.
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli tuman bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan U.J. va J.S. fuqaro K.B.dan jami 4 000 AQŞ dollarini 49 mln sömga sotib olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, Departamentning Toyloq tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan I.Ğ. jami 3 100 AQŞ dollarini fuqaro A.A.ga 39,5 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









