Namanganda kelinini urgan qaynotaga nisbatan jinoiy iş qözğatildi

Namanganda kelinini urgan qaynotaga nisbatan jinoiy iş qözğatildi

Namangan viloyati IIB axborot xizmati Yangiqörğon tumanida oilaviy janjal oqibatida kelinini urgan va unga tan jarohati yetkazgan qaynotaga nisbatan jinoyat işi oçilganini xabar qildi.

Voqea 2020 yilning 10 iyulida sodir bölgan, 1957 yilda tuğilgan erkak öz uyida 1986 yilda tuğilgan kelini bilan janjallaşgan. Oğzaki tortişuvdan boşlangan janjal muştlaşuvga aylangan va erkak kelinini urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Holat böyiça Yangiqörğon tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan 2020 yil 11 avgust kuni Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Kelinini urgan va uning soğliğining qisqa vaqt (olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan köp bölmagan muddatga) yomonlaşuviga sababçi bölgan qaynota bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma beş baravaridan ellik baravarigaça miqdorda jarima yoki ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud bir yilgaça ozodlikni çeklaş yoki bir yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.

Avval Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida yaşovçi 66 yoşli fuqaro 37 yoşli keliniga şafqatsiz muomalada bölib, doimiy ravişda zulm ötkazgani va özini özi öldiriş darajasiga olib borgani (ayol tanasining 95-98 foizi kuygan va u 2019 yil 20 dekabr kuni vafot etgan) uçun 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar berilgandi.

×