Xitoy rasmiylari Pekin Olimpiadasi iştirokçilariga mamlakatda bloklangan ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Instagram va Twitter’dan foydalanişga ruxsat beradi. Bu haqda TASS agentligi Xalqaro olimpiya qömitasiga tayanib, xabar bermoqda.
Xitoy hududida eng maşhur xorijiy ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar: Facebook, Instagram, Twitter, WhatsApp va Telegram’ga kiriş bloklangan. Şuningdek, mamlakatda Google qidiruv tizimi ham taqiqlangan deb tasniflanadi.
"Mezbon şaharning şartnoma majburiyatlariga muvofiq, Pekin qişki Olimpiada öyinlari taşkiliy qömitasi barça akkreditatsiyadan ötgan iştirokçilarga asosiy Olimpiya obʼektlari, şu jumladan öyinlar ötkazilişi möljallangan hududlarda yopiq tizim doirasida oçiq Internet xizmatini taqdim etadi”, deyiladi XOQ bayonotida.
“Pekin va Jangjiakou tumanlarining istalgan nuqtasida tarif rejasiga muvofiq taşkiliy qömita tomonidan taqdim etilgan SIM kartalari bilan oçiq Internet xizmatidan foydalaniş ham mumkin böladi”, deya qöşimça qiladi taşkilot rasmiylari.
Maʼlumot uçun, Pekindagi qişki Olimpiya öyinlari 2022 yilning 4-20 fevral kunlari bölib ötadi.









