Fuqarolarga şaxsiy avtomobillaridan ertalab 7:00 dan 10:00 gaça hamda 17:00 dan 20:00 gaça foydalanişga ruxsat beriladi. Bu haqda IIV matbuot kotibi xabar berdi.
Bunda işga boriş-keliş, şifoxona, dori-darmon xarid qiliş asosiy maqsad bölişi kerak.
Uşbu qoidaning qaysi sanadan kuçga kirişi va ayrim çeklovlar yumşatilişining boşqa tafsilotlari haqida keyinroq batafsil maʼlumot beriladi.









