2020 yil 23 sentyabr soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 53 275 (+224) nafarni taşkil etmoqda.
SSV xabariga köra, yangi kasallaniş holatlarining 164 nafari Toşkent şahrida, 56 nafari Namangan viloyatida hamda 4 nafari Toşkent viloyatida tana harorati kötarilganligi hamda koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Şu bilan birga, 1 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toşkent şahrida 193 nafar, Namangan viloyatida 98 nafar, Toşkent viloyatida 85 nafar, Andijon viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 14 nafar, Qaşqadaryo viloyatida 12 nafar, Qoraqalpoğiston Respublikasida 4 nafar hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
Şunday qilib, yurtimizda 49 649 (+425) nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (93 foiz) soğaygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 182 nafar bemorga şifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.









