Senatorlar 2022 yil uçun Davlat byudjetini maʼqulladi

Senatorlar 2022 yil uçun Davlat byudjetini maʼqulladi

Bugun, 15 dekabr kuni Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinçi yalpi majlisida “2022 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat byudjeti töğrisida”gi qonuni senatorlar tomonidan körib çiqildi va maʼqullandi.

Taʼkidlanişiça, mazkur Qonun bilan 2022 yil uçun asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlar va konsolidatsiyalaşgan Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining prognozlari hamda 2023 – 2024 yillar uçun byudjet möljallari belgilanmoqda.

Qonunda asosiy eʼtibor makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlaş, Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligi va natijadorligi hamda iqtisodiyotning raqobatbardoşligini oşiriş, investitsiyalar jalb etuvçanlik va işbilarmonlik faolligini rağbatlantirişga yönaltirilgan soliq siyosatini tatbiq etiş maqsadlariga qaratilgan.

Şuningdek, Qonunni işlab çiqişda 2022-2026 yillardagi soliq va byudjet siyosatining ijtimoiy yönaltirilganini taʼminlaş, “natijaga qaratilgan byudjet” tizimini joriy etişga va byudjet jarayoni iştirokçilarining masʼuliyatini oşiriş tamoyillariga qatʼiy rioya qilingan.

Qonunda soliq siyosatiga muhim özgarişlar kiritilgan. Bunda yalpi içki mahsulotda salmoqli uluşga ega işlab çiqariş sohalarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş nazarda tutilgan.

Jumladan, 2022 yilda mamlakat yalpi içki mahsulotining ösiş surʼatlari 6,0 foizni, şu jumladan, sanoatda 7,0 foizni, quriliş sohasida 8,1 foizni, qişloq xöjaligi sohasida 3,3 foizni taşkil etişi rejalaştirilmoqda.

Özbekiston Respublikasining konsolidatsiyalaşgan byudjet taqçilligining çeklangan miqdori 2022 yil uçun yalpi içki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilanmoqda.

Bunda byudjet taqçilligining çeklangan miqdoridan oşişiga olib kelişi mumkin bölgan qöşimça xarajatlar faqatgina qöşimça daromad manbai mavjud bölganda yoki boşqa xarajatlarni qisqartiriş hisobiga amalga oşirilişi nazarda tutilgan. Inflyatsiya darajasining pasayişi tendentsiyasi davom etişi va kelgusi yilda u 9 foiz atrofida bölişi prognoz qilinmoqda.

Qonun bilan birinçi darajali byudjet mablağlari taqsimlovçilar Qoraqalpoğiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy byudjetlaridan mablağ oluvçi quyi taşkilotlarga özlariga ajratilgan byudjet mablağlarining çeklangan miqdorlarining 10 foizgaça qismini Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yönaltirişga haqli ekanligi belgilanmoqda.

Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik davlat dasturlarini hamda işlab çiqariş va noişlab çiqariş infratuzilmasini şakllantirişga doir loyihalarni moliyalaştirişni qöllab-quvvatlaş maqsadida çet el manbalaridan grant asosida ajratilgan mablağlarning birinçi darajali byudjet mablağlarini taqsimlovçilar uçun ajratilişi belgilangan miqdorlarini uşbu Qonunga özgartiriş kiritmasdan köpaytiriş nazarda tutilmoqda.

2022 yilda konsolidatsiyalaşgan byudjet daromadlari 254,6 trln söm yoki yalpi içki mahsulotning 30,3 foizi darajasida prognoz qilinmoqda. Davlat byudjeti daromadlari 199,5 trln söm yoki yalpi içki mahsulotning 23,8 foizi miqdorida belgilanmoqda.

Davlat maqsadli jamğarmalari daromadlari 31,9 trln söm, xarajatlari esa 58,7 trln söm miqdorida rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, Davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga, xususan, taʼlim sohasi xarajatlariga 46,9 trln söm, soğliqni saqlaş sohasi xarajatlariga 22,8 trln söm, madaniyat va sport sohasi xarajatlariga 3,4 trln söm va fanni yanada rivojlantiriş tadbirlari uçun 1,5 trln söm yönaltiriş belgilanmoqda.

Qonun bilan köp kvartirali uy-joy fondiga tutaş hududlarni taʼmirlaş xarajatlari va Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi tizimiga kiruvçi issiqlik taʼminoti taşkilotlarining issiqlik tarmoqlari va qozonxona uskunalarini kapital taʼmirlaş xarajatlarini Qoraqalpoğiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toşkent şahrining şahar byudjetidan moliyalaştiriş tartibi joriy qilinmoqda.

Yana bir muhim jihat. Byudjetni şakllantirişda mahalliy Kengaşlar vakolatlari yanada kengaytirilişi munosabati bilan mamlakatning barça tumanlarida (şaharlarida) tegişli byudjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi jamoatçilik fikri asosida şakllantirilgan tadbirlarni moliyalaştirişga yönaltiriladi.

Bundan taşqari, tumanlar (şaharlar) byudjetlari qöşimça mablağlarining kamida 30 foizi jamoatçilik fikri asosida şakllantirilgan tadbirlarni moliyalaştirişga ham yönaltiriladi.

Jumladan, Qonunda oçiq byudjet, “Fuqarolar taşabbusi jamğarmasi”ga 1 trln 553 mlrd söm miqdorida mablağ nazarda tutilgan.

Senatorlar taʼkidlaganidek, Davlat byudjeti mablağlaridan adolatli hamda maqsadli foydalaniş ustidan parlament va jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş lozim.

Senat aʼzolari tomonidan mazkur Qonun maʼqullandi.

×