Buxoro viloyatining Peşku tumanida spirtli içimlik isteʼmol qilgan holda traktor boşqargan qudalar uç yoşli qizaloq ölimiga sababçi böldi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri.
Maʼlum bölişiça, 2022 yilning 24 aprel kuni Peşku tumanining «Mirişkor» MFY Musiça qişloğida yaşovçi 1995 yilda tuğilgan S.D. uç yoşli qizi D.ni tomorqasiga yetaklab çiqqan. Ona tomorqa yerining namligi bois, qizini qişloqni kesib ötuvçi yöl çetida qoldirgan. Özi esa qizidan çamasi ikki metr uzoqlikdagi tomorqasida işlayotgan bölgan. Şu payt harakatlaniş qoidasini buzib, tezlikni oşirgan holda yurib kelayotgan traktorga közi tuşgan va qizini oliş uçun uning yoniga yugurgan. Biroq ulgurmagan.
«Onaning köz oldida bolasini traktorning temir langarlari sudrab ketgan. Qizaloq voqea joyida vafot etgan. Judayam xunuk holat böldi. Ayolning yana bir nafar 1,5 yoşli öğli bor. U uyda bölgan. Alloh asrasin», — deydi voqea haqida gapirgan mahalla fuqarosi.
«Daryo» muxbirining aniqlik kiritişiça, traktor içida mast holdagi qudalar — B.S. hamda Q.A. bölgan. Mahalladoşlarining söziga köra, traktor Q.A.ga tegişli bölgan. Har ikkisi ham spirtli içimlik isteʼmol qilib, traktorga ötirgan. Traktorni Q.A. boşqara olmagaç, B.S. qudasining qölidan rulni olişga uringan va fojiaga sabab bölgan.
«Daryo» muxbiri uşbu fojia haqida viloyat IIB tomonidan rasman maʼlumot berilmagani sababi bilan qiziqqan. Bunga javoban esa viloyat IIB YHXB axborot xizmati fojiadan bexabar ekanini maʼlum qilgan. Masʼullarning söziga köra, bunday jinoyatni sodir etgan şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksningi 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jazo qöllaniladi.
Hudud profilaktika inspektori Elbek Röziyevning bildirişiça, fojiani keltirib çiqargan har ikki şaxs voqea sodir bölgan paytda tuman IIBga olib ketilgan. Ayni paytda holat yuzasidan tergov işlari olib borilmoqda.









