Özbekistonda sanoati rivojlangan 27 ta tumanga 200 milliard söm ajratiladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev xizmatlar sohasini rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan işlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ötkazilayotgan videoselektor yiğilişida aytib ötdi.
Videoselektorda Şavkat Mirziyoyev xizmatlar sohasini rivojlantiriş uçun har bir hududga alohida yondaşuv zarurligini taʼkidladi.
“Bir narsani aniq tuşuniş lozim - xizmatlar sohasini rivojlantiriş uçun har bir hududga alohida yondaşuv zarur”, deydi Prezident Mirziyoyev.
Bunda aholi soni, geografik joylaşuvi, iqtisodiy salohiyatidan kelib çiqib hududlarda xizmatlarni 3 ta yönalişda rivojlantirilişi aytib ötilgan.
Qayd etilişiça, birinçi yönalişda:
• xizmatlar 158 ta qişloq tumanlarining ixtisoslaşuvidan kelib çiqib rivojlantiriladi;
• yirik turistik obʼektlari mavjud 45 ta hamda 40 ta toğli va toğoldi tumanda “tayyor loyiha” asosida turizm xizmatlari yölga qöyiladi;
• yangi mehmonxona, dam oliş maskanlari uç yil davomida mol-mulk va yer soliğini 2 barobar past stavkada tölaydi;
• turizm sohasi uçun maxsus soliq rejimi joriy etilib, uç yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq 1 foiz stavkada, mol-mulk va yer soliqlari esa hisoblangan summadan 1 foizi miqdorida belgilanadi;
• oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida mehmon uylarini taşkil etiş va taʼmirlaş uçun ham imtiyozli kredit ajratiladi;
• qişloqlarda yangidan örnatiladigan aloqa operatori stantsiyalari mol-mulk va yer soliğidan ozod etiladi. Bazaviy stantsiyalardan birgalikda foydalaniş huquqi beriladi.
Mirziyoyevga köra, sanoati rivojlangan 27 ta tumanda savdo, umumiy ovqatlaniş, logistika, mehmonxona, texnik xizmat körsatiş va köngiloçar maskanlar xizmatlariga ustuvorlik beriladi.
Şuningdek, Prezident yirik investitsiya loyihalari atrofida xizmat körsatiş obʼektlarini barpo etiş böyiça dastur işlab çiqiş topşriğini bergan.
Bunda kamida 50 mingta iş örni yaratiş nazarda tutilişi kerak. Bu maqsadlar uçun uşbu 27 ta tumanga 200 milliard söm ajratiladi.
Qişloq xöjaligida daromad yuqori bölgan tumanlarda umumiy xizmatlar bilan birga zamonaviy agroxizmatlar rivojlantiriladi.
Çegara oldida joylaşgan 25 ta hamda hududidan xalqaro avtomagistral va temir yöllari ötgan 100 ta tuman savdo va logistika xizmatlari körsatişga ixtisoslaşadi.









