Amerikaning «General Motors» (GM) kompaniyasi Miçiganda elektromobillar işlab çiqarişga $3 mlrd.dan ziyod sarmoya kiritişi haqida «The Wall Street Journal» xabar berdi.
GM ştatda elektrokarlar işlab çiqariş uçun ikkita loyiha tayyorlagan. Birinçi loyiha doirasida GM Detroyt yaqinidagi Orion Assembly zavodini qayta jihozlaydi, bu yer elektrda harakatlanuvçi pikaplar işlab çiqariluvçi markazga aylantiriladi.
Lensingdagi yiğuv korxonasi yonida GM qöşma korxonasi va «LG Energy Solutions» hamkorligida batareya elementlari işlab çiqaruvçi zavod quriladi.
Har ikki loyiha $2 mlrd.dan moliyalaştirişi kutilmoqda.
GM soliq imtiyozlari va qurilişga ruxsat oliş uçun mahalliy hukumat bilan muzokaralar olib boryapti.









