"Salimboy"ning oğir betobligi va xorijga çiqib ketgani haqidagi miş-mişlar haqiqatmi?

"Salimboy"ning oğir betobligi va xorijga çiqib ketgani haqidagi miş-mişlar haqiqatmi?

Tadbirkor Salim Abduvaliyev Kirgizbayeviç bilan boğliq miş-miş xabarlar tarqaldi. Sönggi kunlarda uning oğir betobligi va davlatni tark etgani haqidagi xabarlar keng tarqalgan. 

Ammo "7news.uz"ning maʼlum qilişiça, Salimboy hozirda Toşkentda va soppa-soğ. Şuningdek, manba uning faoliyatiga ham töxtalib ötdi. Taʼkidlanişiça, u heç qanday jinoyat köçasida yurgan şaxs emas va uning qöli qonga botmagan. Şu kungaça Salim Abduvaliyev biron marta ham jinoiy javobgarlikka tortilmagan. 

Şu bilan birga, u 20 yildan beri Milliy olimpiya qömitasida yuqori lavozimdagi davlat amaldori, Sport kuraşlari assotsiatsiyasi rahbari ekanligi, yunon-rum va erkin kuraşi yönalişida beş karra Özbekiston çempioni bölgan sobiq sportçi ham ekanligi eslatib ötilgan. 

×