«15 yoşimda aravakaşlik qilardim» — oğir vaziyatni «ayti» kömagida özgartira olgan yigit hikoyasi

«15 yoşimda aravakaşlik qilardim» — oğir vaziyatni «ayti» kömagida özgartira olgan yigit hikoyasi

19 yoşida u SMM böyiça mutaxassis va IT-Markaz öqituvçisidir.

Qahramonimizning ösmirligi oson keçmagan. Onasiga oilaning tört nafar aʼzosini boqişga yordam beriş maqsadida 15 yoşida bozorda aravakaşlik qila boşlaydi, çunki ular boquvçisiz qolişgan edi.

Daromadning boşqa turini topişga qaror qilib, u yangi kasblarni sinab körişga qaror qildi va IT sohasiga qiziqib qoldi, bu unga muvaffaqiyatli mutaxassis bölişiga yordam berdi.

Körib turganingizdek, IT har bir inson özini topa oladigan va hayotini özgartira oladigan sohadir.

Quyida Şoxruhning hikoyasini tinglaymiz:

«Oilada 3 farzandmiz: 2 nafar opam va men. 14-15 yoşlarimdan beri ota mehriga zor bölib ulğayaman. Köngli öksimasin deb, onam bizga ham ota, ham ona bölib katta qildilar. Bolalarim heç narsaga zoriqmasin, deb özlarini öqqa-çöqqa urar edilar. Hali hamon esimda öşa qahraton qiş kunlari… onam bizga «yediray, içiray» deb har işga boş urardi.

Onam boşidan ötkazayotgan qiyinçiliklarni kuzatar ekanman, özimga vada berdim: Man erkak kişiman, erkak sifatida oilamga yordam berişim, işlaşim kerak.

Şu böyi 15 yoşimda bozorga çiqdim va aravakaşlik qila boşladim. Qilayotgan işimdan heç ham uyalmasdim. Xayolimda «men oilamga yordam berişim kerak» degan fikr aylanardi.

Hayot şu maromda davom etar edi. Har kuni kunlik işlarga çiqardim, qayerda yaxşi pul tölaşsa, nima iş bölsa öşa yerga borardim, meni heç kim «işla, pul top» deb majburlamagan.

Uyda onamning topganini yeb yotişga uyalardim.

Keçalari kömir ortişga borardim. Opalarim «borma, keçalari yolğiz yurma» desa ham qaysarlik qilib, uydan qoçib çiqib ketardim va ertalab azonda soat 4-5 ga yaqin ustim qop qora kömirga belanib kirib kelardim.

8-sinfda öqigan kezlarim bir oğaynim ingliz tili tögaragiga qatnaşişni taklif qildi. Boşida rad etdim, «qiziqmiman baribir örganolmayman» deb aytdim. Lekin u baribir majburlab olib bordi. Töğrisi, menga ingliz tili tögaragi birinçi kundayoq yoqib qoldi. 4 yil ingliz tilini örgandim.

Yagona maqsadim — oliy öquv yurtiga kiriş edi. Uydagilarim, onam, opam va buvim doim «Universitetga kirib oliy maʼlumotli bölsang, yaxşi kasb egasi bölasan» deb uqtirişar edi.

Töğrisi, maktabda yaxşi öqimas edim, qöpol qilib aytganda, maktabni «koridorda» bitirganman. Faqatgina ingliz tiliga mehrim boşqaça edi. Unga astoydil qiziqardim va örganişga harakat qilardim.

11-sinfni bitirib, unversitetga hujjat topşirdim. Afsuski, imtihondan yiqildim. Öşa vaqti dunyo közimga qoronğu bölib qoldi. Axir 4 yil ingliz tilini öqib ham öqişga kirolmadim. Tuşkunlikka tuşib qoldim. Endi kelajagim nima böladi, qanday pul topamanu, oilamni qanday boqaman degan savol qiynardi.

Şu voqealardan söng onlayn tarzda pul topişga qiziqib qoldim va izlanişni boşladim. Instagramda va ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar, IT sohasi mutaxassislarining faoliyatini kuzatişni boşladim. Kunlardan bir kun hayotimni özgartirib yuborgan 3 ta möʼjizaviy harfga közim tuşdi. Bu SMM mutaxassisligi edi. Uşbu yönaliş hayotimni tubdan özgartirib yubordi.

Xullas, «ayti» sohasi bölmiş SMM nima ekanligiga juda qiziqib, uni qayerda örgansa bölar ekan deb turli joylarni qidirib çiqdim.

«Ayti» sohasi öquv markazlarida öqitilişini bilib oldim va Angren şahridagi barça öquv markazlariga borib kördim. Qaysisiga bormay, barçasi rad javobini berardi. Hattoki «Ayti nima» deb söraganimda «bilmaymiz» deganlar ham böldi

Keyin Angrenda IT-park kömagida markaz oçilgani haqida eşitib qoldim va öşa yerga borişga qaror qildim.

IT-markazda yaxşi bir yaxşi insonni uçratdim. Ular yordamlarini ayamay, menga IT nima ekanligini, bu soha orqali qanday daromad oliş mumkinligini, xullas, barçasini ipidan ignasigaça örgatdilar.

IT-park tufayli özimga kerakli bilimga ega böldim. Mana vaqt ötib, yaxşi daromad oladigan mutaxassisga aylandim.

Endi esa özim kabi hayot qiyinçiliklariga duç kelgan, öqiyman degan bolalarga SMM yönalişi böyiça bilim olişlari uçun yordam berib kelyapman.

Talabalarimga hamişa takrorlayman: universitetga kirolmasangiz, bu «hammasi tugadi» degani emas. Orzu va maqsadlaringizga erişiş uçun imkoniyatlar talaygina, faqat xohiş va tirişqoqlik bölsa bas. «Ayti» yönalişini tanlab, diplomsiz ham yaxşi kasb egasiga aylanişingiz mumkin deya uqtiraman.

Hammaga esa maslahatim – oldi-qoçdi narsalarga qimmatli vaqtingizni sarflamasdan zamonaviy kasblarni jamlagan «ayti» sohasini tanlang. Qunt bilan öqib-örganib, öz işingiz ustasi bölsangiz, işonç bilan aytamanki, heç qaçon köçada qolmaysiz. Maqsadingiz yölida faqat olğa intiling va heç qaçon böş kelmang».

×