Rossiyada oğir tan jarohati olgan fuqarolar Özbekistonga qaytarildi

Rossiyada oğir tan jarohati olgan fuqarolar Özbekistonga qaytarildi

Qoraqalpoğistonlik fuqaro S.M. 2020 yilning dekabr oyida Rossiyaga işlaş maqsadida boradi va joriy yil sentyabr oyida soğliği keskin yomonlaşgani oqibatida mehnatga layoqatsiz bölib qoladi.

Şuningdek, joriy yilning sentyabr oyida Moskva şahriga işlaş uçun borgan namanganlik 51 yoşli J.B. baxtsiz hodisa sababli oyoğidan oğir jarohat olgan.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi uşbu fuqarolarni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi mablağlari hisobidan 19 va 21 noyabr kunlari Moskva – Toşkent aviareyslari orqali Özbekistonga qaytardi.

Fuqarolar Agentlik xodimlari tomonidan Toşkent xalqaro aeroportida tez tibbiy yordam brigadasini jalb qilgan holda kutib olinib, Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markaziga kuzatib qöyildi.

×