Namanganlik Jamşidbek Izzatullayev hozir 19 yoşda. 2025 yil boşida u AQŞning Vanderbilt universitetidan töliq grant yutdi. Mazkur OTM endi uning 4 yillik öqiş xarajatlarini qoplaş uçun 372 ming dollar mablağ ajratadi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Jamşidbek universitetni töğri tanlaş, hujjat topşiriş jarayonlari hamda inson miyasi işlaşini erta yoşdan örganiş orqali qanday natijalarga erişiş mumkinligi haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Jamşidbek Izzatullayev Namangan viloyati Yangiqörğon tumanidagi 58-ixtisoslaştirilgan maktabda taʼlim olgan. 9-sinfni tamomlab, öqişini poytaxtga köçirgan. Viloyatdagi öquv muassasasida undan boşqa heç kimda 7,5 balli IELTS sertifikati yöqligi sabab u özini atrofdagilardan bilimdonroq deb hisoblagan. Toşkentga kelib yuqori salohiyatli tengdoşlarini körganidan keyin til örganiş bilan birga bazaviy fanlar böyiça qöşimça bilimlarni ham özlaştirmaganidan afsuslangan. Raqobatbardoş muhit ösmirga özining komfort zonasidan çiqib, yanada köproq izlaniş uçun turtki bölgan.
“Poytaxtdagi maktabning menga bergan eng katta foydasi faqatgina sifatli darslik va malakali öqituvçilar bilan taʼminlagani emas, balki eng bilimli yoşlarni bir joyga töplaganida böldi. Uşbu taʼlim dargohida IELTS’dan 8-8,5 ball olganlar, 3-4 tadan tilni biladiganlar, fizika, biologiya kabi fanlardan xalqaro olimpiadalar ğolibi bölganlar bor ekan. Ularning natijalari oldida mening körsatkiçlarim juda kiçikdek tuyula boşladi, ayni şu sabab katta, yangi maqsadlar qöydim va öz ustimda kuçliroq işlaydim”, – deydi u.

2023 yilda maktabni tamomlagan Jamşidbek 2 yil davomida top oliygohga öqişga kiriş uçun tayyorlanadi. Bu jarayonda unga eng qiyin keçgan bosqiç SAT’dan yuqori ball oliş bölgan. U imtihonni 8 marta qayta topşirib, eng yuqori ballarning jamlanişi (superscore) hisobida 1520 ball töplaydi.
“SAT körsatkiçlarimni yaxşilagunça 3 yilga yaqin vaqtim ketdi. Birinçi marta imtihondan 1370 ball olgan bölsam, sakkinçisidan keyin umumiy ballim 1520 ga kötarildi. Yuqori natija körsata olmaganligimning asosiy sababi köp kitob öqimaganligimda. SAT – oddiygina bilim testi emas, u sizning tahliliy fikrlaş qobiliyatingizni sinaydi. Aynan Reading bölimidagi savollarga javob topiş uçun luğat boyligi bilan bir qatorda kontekstni anglaş, muhim fikrlarni ajratiş, muallif pozitsiyasini tuşuniş talab etiladi. Bunday malaka esa faqat köp öqiş orqali şakllanadi”, – deydi Jamşidbek Izzatullayev.
Jamşidbek umumiy örta talimni bitirgan dastlabki yilida AQŞning Templ universitetiga qabul qilingan. Mazkur oliygohga kiriş oson bölib, hujjat topşiriş jarayonida inşolar va SAT sertifikati talab qilinmagan. Şu sabab universitetdagi taʼlim sifati qoniqarli bölmasligini taxmin qilib, u yerda öqişini davom ettirmagan. Keyingi yil ham qator nufuzli oliygohlarga hujjat topşirib, 15 ta universitetdan rad javobini olgan. Yana bir yil öz ustida qattiq işlab, yuqori reytingli universitetga kirişni maqsad qilgan. Bu orada Jamşidbek dasturçilik kurslarini tamomlagan, ammo iş topa olmagan.
“Dasturçilik böyiça heç qaysi kompaniya işga olmaganidan söng mazkur yönalişda tajribamni orttiriş uçun mustaqil loyihalar qildim. Biroq ular ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Buning asosiy sababi tajribasizlik qilib, ustozlarimdan yetarliça yordam va maslahat olmaganimda böldi deb öylayman. Natija yuqori bölmagani uçun dasturçilikka qiziqişim asta-sekin söna boşladi.

Öşa vaqtlarda “Health” (Soğlik) nomli 600 betlik kitobni öqidim va şu orqali miya ilmi hamda erta yoşdagi taʼlimni örganişga qiziqişim ortdi. Özbekça manbalardan miya ilmi haqida fakt va maʼlumotlarni topa olmadim. Mazkur terminning özi ham sözlaşuvda deyarli qöllanmaydi. Universitetlarda nevrologiya bölimi va fanlari bor, ammo bu fan hamda miya ilmi umuman boşqa-boşqa narsalar. Özbekistonda uşbu soha keng örganilmagan. Uni tadqiq etiş orqali erta yoşdan boşlab bolalarga tasavvur qilganimizdan köproq narsani örgatişimiz mumkin ekan. Sohadagi istiqbollarni köra olganim uçun miya ilmi kuçli öqitiladigan Vanderbilt universitetiga hujjat topşirdim va 2025 yil boşida oliygohdan 372 ming dollarlik töliq grantni yutdim”, – deydi u.

Jamşidbekning taʼkidlaşiça, Vanderbilt universiteti neyropsixologiya, bolalar ongi va erta yoşdagi taʼlimni çuqur örganişga ixtisoslaşgan. U yerda miya faoliyatini tahlil qiliş, miyaning kognitiv (biliş), emotsional va xulq-atvorga taʼsiri böyiça çuqur tadqiqotlar olib boriladi.

Intervyu mobaynida Jamşidbek 3 yoşli jiyaniga qanday qilib 3 ta tilda gaplaşişni örgatgani, özi asos solgan tadqiqotçilar jamiyati, miya ilmi böyiça özbek tiliga tarjima qilayotgan kontentlari haqida gapirib berdi.









