«2022 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi prezident farmoni loyihasi işlab çiqildi.
Unda 2022 yil 3 yanvar — duşanba, 4 yanvar — seşanba qöşimça dam oliş kuni etib belgilanişi kutilmoqda.
Bu haqda «Mehnat huquqi kanali yozgan.
Farmon qabul qilinsa, özbekistonliklar Yangi yil bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun (31 dekabrdan 4 yanvargaça) dam oladi.
Xususan:
2021 yil 31 dekabr (juma) – 2021-yil 10 maydagi PF-6222-sonli prezident farmoniga asosan qöşimça dam oliş kuni;
2022 yil 1 yanvar (şanba) – Mehnat kodeksi 131-moddasiga köra, işlanmaydigan kun (Yangi yil bayrami);
2022 yil 2 yanvar — yakşanba dam oliş kuni;
2022 yil 3 yanvar (duşanba) va 4 yanvar (seşanba) kunlari – qabul qilinişi kutilayotgan farmonga asosan qöşimça dam oliş kuni.









