Yangi hijriy yil 19 avgustdan boşlanişi kutilmoqda

Yangi hijriy yil 19 avgustdan boşlanişi kutilmoqda

Milodiy 2020 yil hisobida hijriy yil 1442 yilga töğri keladi. Hozir 1441 yil bölib, yangi yil katta ehtimol bilan avgustning 19 sanasidan boşlanadi. Bu haqda Gulfnews xabar bermoqda.

BAA astranomiya markazi hisoblangan Sharjah Planetarium hisob-kitobiga köra, osmonda yangi Oy 18 avgust keçki 18:42da köriniş beradi. Quyoş botganidan taxminan 34 daqiqadan keyin Hilol çiqadi. Bu Muharram oyi deb ataladi. Islom olamida hijriy yil aynan Muharram oyi bilan boşlanadi va yangi islomiy yil payşanba kuni kirib keladi.

Hijriy yangi yil

Hijriy taqvim oyning harakatiga boğliq bölib, yangi oyning boşlanişi osmonda yangi Oyning körinişi bilan belgilanadi. Islom taqvimidagi birinçi hijriy yil milodiy 622 yilga töğri keladi. Bu Payğambar Muhammad (s.a.v.)ning Makkadan Madinaga hijrat qilgan yillaridir. Hijriy yangi yil özidan oldingi yilning boşlaniş nuqtasidan 11 kun erta boşlanadi. Milodiy yilda esa bunday holat kuzatilmaydi.

Muharram oyi kirib kelişini musulmonlar bayram qilib kutib oladilar, Qurʼondan oyatlar tilovat qiladilar.

Teglar:
×