Navröz bayramida faqat 5 kunlik iş haftasidagilar ketma-ket 5 kun dam olişadi. Haftasiga 6 kun işlaydiganlarga esa ketma-ket 4 kun dam oliş kuni böladi.
Izoh:
«2022 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi Prezident qaroriga asosan 22-23 mart kunlari iş haftasining turidan qatʼi nazar barça xodimlar uçun qöşimça dam oliş kunlari etib belgilangan.
Şunga köra, Navröz bayrami munosabati bilan:
- 5 kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar 5 kun;
- 6 kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar 4 kun dam olişadi.
Bunda quyidagiça böladi:
- 19 mart, şanba — 5 kunliklarga dam oliş, 6 kunliklarga iş kuni;
- 20 mart, yakşanba — barça uçun dam oliş kuni;
- 21 mart, duşanba — Navröz bayrami, barçaga dam oliş kuni;
- 22 mart, seşanba — barça uçun qöşimça dam oliş kuni;
- 23 mart, çorşanba — barça uçun qöşimça dam oliş kuni.









