Özbekiston avtomobillarni quyoşdan saqlaş uçun talab etilganidek “tonirovka”ga ruxsat berilmasada, termal plyonkaga ruxsat etilişi mumkin. Uşbu plyonka bir munça şaffof bölib, uning asosiy vazifasi avtomobil salonini quyoşning ultrabinafşa nurlaridan saqlab, jaziramada isib ketişini bir munça kamaytiradi.
Uşbu masalada muammoning yeçimi sifatida Hukumat qaroriga tegişli özgartiriş kiritişni nazarda tutuvçi taklif tayyorlanmoqda. Yaʼni, Yöl harakati qoidalarining 3-ilovasi 7.4-bandiga muvofiq, transport vositasining old, yon va orqa oynalarining yoruğlik ötkazuvçanligi 70 foizdan kam bölsa, undan foydalaniş taqiqlanişi belgilangan normani qayta körib çiqiş maqsadga muvofiq. Unga köra, mamlakatimizda uşbu 70 foiz çeklovi 15 foizga, yaʼni 55 foizgaça tuşirilsa, haydovçilar bemalol termal plyonkadan foydalanişi mumkin böladi. Bu haqda bugun, 18 iyul kuni bölib ötgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi “Adolat” SDP fraktsiyasining navbatdagi yiğilişida maʼlum qilingan.

Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq, oynalarining tusini özgartiriş (qoraytirişga) ruxsatnoma oliş jismoniy şaxslar uçun – eng kam oylik iş haqining töqson baravari (18 245 700 söm), yuridik şaxslar uçun – eng kam oylik iş haqining bir yuz yigirma baravari (24 327 600 söm) miqdoridagi mablağni tölaş orqali amalga oşiriladi.
Deputatlar tomonidan taʼkidlanganidek, agar uşbu summani tölaşga haydovçining qurbi yetsa ham, unga buning issiqdan himoyalanişga xeç qanday nafi bölmaydi, çunki qarorga asosan, oynalarining tusini özgartiriş avtotransport vositasining faqatgina orqa oynalariga ruxsat beriladi, xolos. Demak, haydovçi qaror talablarini bajaraman deb pul tölaydi va özi yana öşa quyoş nurlarida qoladi.
Yiğilişda haydovçi va yölovçilar uçun qulayliklar yaratiş maqsadida taklif etilayotgan termal plyonka bilan qoplangan avtomabil oynalarining bir neçta namunalari körgazmali körinişda taqdim etilib, ularning afzalligi va qulayliklari böyiça yiğilganlarga batafsil axborot berildi.
Taqdim etilgan namunalardan köriş mumkinki, termal plyonka özining xususiyatiga köra, tonirovka plyonkasidan ança ustunlikka ega va haydovçilar uçun ham yon-atrofni körişga xalaqit bermaydi. Eng asosiysi, transport vositasining içidagi şaxslar taşqaridan bemalol körinadi va heç kimning xavfsizligiga daxl qilmaydi.
Deputatlarning uşbu taşabbusini yiğilişda hozir bölgan Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari, Davlat yöl harakati xavfsizligi va “Özstandart” agentligi mutaxassislari qöllab-quvvatlaşdi va bu orqali fuqarolarimizga avtomobildan foydalanişlari uçun qulay şart-şaroit yaratilişi taʼkidlandi.
Bildirilgan fikr-mulohazalar va muhokamalardan söng mazkur masala yuzasidan fraktsiyaning takliflarini Vazirlar Mahkamasiga yuborişga kelişib olindi.
manba: qalampir.uz









