Avtobus va metro yölkirasi oşadi

Avtobus va metro yölkirasi oşadi

Toşkent şahar jamoat transportida 2022 yil 1 yanvardan yölkira narxini 1 700 söm miqdorida belgilaş (hozirda 1 400 söm) rejalaştirilmoqda. Bu Toşkent şahar hokimining «Yangi tariflar joriy qilinişi töğrisida»gi qarori loyihasida közda tutilgan.

2022 yil 1 yanvardan Toşkent şahri hududida şahar yölovçilar transporti — avtobus va metropolitenda qatnovlar amalga oşiriş uçun çeklangan tariflar:

  • bir yölovçi uçun – 1 700 (bir ming yetti yuz) söm;
  • bir yölovçining bagajini taşiş böyiça xizmat uçun - 3 000 (uç ming) söm.

Qayd etilişiça, yölkira haqi yiğilişida şaffoflikning taʼminlanişi şahar jamoat transportida naqd pul orqali tölovlarni amalga oşiruvçi yölovçilar soni kamayişi evaziga transport kartalaridan foydalanuvçilarning soni va ulardan tuşadigan mablağlarning keskin ösişiga, ular tomonidan çeklangan tariflar asosida köriladigan zararlar miqdorining kamayişiga olib keladi.

2022 yilda yangi tariflarning joriy etilişi natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga binoan, «Toşşahartransxizmat» AJ tizimidagi avtobus saroylari hamda «Toşkent metropoliteni» UKning kutilayotgan umumiy zarari miqdori kamayişi evaziga şahar mahalliy byudjetida 128-130 mlrd söm miqdorida mablağlar tejalişi kutilmoqda.

×