Dunyo böylab plyajlar yöqolib ketiş xavfi ostida – FT

Dunyo böylab plyajlar yöqolib ketiş xavfi ostida – FT

Dunyo böylab plyajlar qirğoq eroziyasi tufayli ekzistentsial tahdidga duç kelmoqda, bu qum yuvilişi tufayli töxtatilişi qiyin. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

“Mayamidan Barselonagaça va Avstraliyaning Oltin qirğoğigaça bölgan hududlarda rasmiylar kelgusi yillarda qirğoqlarni suv ostida qolib ketişdan qanday qutqariş mumkinligini aniqlaşga harakat qilmoqda. Eroziyaning bir qismi tabiiy sabablarga köra yuzaga keladi. Vaziyat böronlar, kuçli suv toşqini va muzliklarning erişiga olib keladigan texnogen global isiş tufayli dengiz sathining kötarilişi bilan yanada oğirlaşmoqda”, deb yozadi gazeta.

Sohil çiziğini tiklaş uçun sunʼiy ravişda qum olib kelinmoqda. Bu suv toşqinidan tabiiy himoya sifatida xizmat qiladi. Biroq qum narxi oşib bormoqda, quriliş va boşqa sohalarda talab yuqori bölganligi sababli taklif qisqaradi.

Amerikaning Rodante şahrida 2020 yildan beri qirğoq eroziyasi tufayli 11 ta uy okeanga qulab tuşdi. Mahalliy hukumat şaharda yöqolayotgan plyajlarni tiklaş uçun 40 million dollardan köproq mablağ kerak, deb hisoblamoqda. Gazetaning taʼkidlaşiça, Barselona qirğoq çiziği yiliga 30 ming kub metr qumni yöqotadi, bu 12 ta olimpiya suziş havzasi hajmiga teng.

Eroziyadan himoya qiliş çoralariga qaramay, baʼzi plyajlar “butunlay yöqolişi” mumkin.


Teglar:
×