Qirğiziston sanktsiyalar röyxatidagi tovarlarning çegaralaridan ötişiga qarşi çoralarni köradi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasining raisi Oqilbek Japarov maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasi raisi AQŞ maʼmuriyati Qirğizistonga qarşi iqtisodiy çoralar tayyorlayotganiga izoh bergan. Japarov Qozoğistonga Xitoyda işlab çiqarilgan dronlar Qirğiziston orqali olib kirilgani haqida asosli dalillar keltirilmaganini taʼkidlagan.
“Kelgusida sanktsiyalangan tovarlar çegaramizdan ötmasligi va sanktsiya ostida bölgan joyga ketmasligi uçun çoralar köriladi”, deydi u.
Japarovdan AQŞ tomonidan kiritiladigan iqtisodiy sanktsiyalar Qirğiziston uçun qanday oqibatlarga olib kelişi mumkinligi haqida söralganda, savolga aniq javob berişning örniga u mamlakat savdo şaffofligini taʼminlaş orqali bunday xatarlarni bartaraf etiş böyiça faol iş olib borayotganini bildirgan.
“Dunyodagi vaziyat juda tez özgarmoqda, ayniqsa, yirik davlatlar nimanidir xohlasa. Biz töğri yönalişda işlayapmiz. Şuning uçun ham men biznes vakillaridan sörayman – elektron hisob-fakturalarni oling, toki tösatdan va tasodifan boşqa heç narsa sodir bölmasin”, deydi Oqilbek Japarov.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ hukumati Rossiyaga qöllangan sanktsiyalarni aylanib ötişda yordam bergani uçun Qirğizistonga nisbatan iqtisodiy çoralarni körişga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgan edi. Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi esa mamlakat Rossiyaga joriy qilingan çeklovlarni buzmaganini iddao qildi.









