Andijon viloyatining Izboskan tumanida mahbuslari majburiy mehnatga jalb qilingan Vaqtinça saqlaş hibsxonasi rahbari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning mart oyida Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Izboskan tumani IIB Vaqtinça saqlaş hibsxonasidagi şaroitlarni örganib, qator kamçiliklarni aniqlagan. Jumladan, hibsxonada sanitariya-gigiyena va moddiy-texnik taʼminotga oid jiddiy kamçiliklar aniqlangan. Şuningdek, kanalizatsiya tizimi bilan boğliq muammolar borligi va ayrim mahbuslarni majburiy mehnatga jalb qiliş holatlari qayd etilgan.
Ombudsman Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasidan kamçiliklarni bartaraf etişni va şu kabi holatlar takrorlanmasligi uçun tegişli çoralar körilişini söragan.
Maʼlum qilinişiça, monitoring yakunlariga köra 6 nafar xodimga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan va ularga intizomiy çoralar qöllanilgan. Jumladan, 1 nafar xodim Intizomiy kengaş muhokamasiga qöyilgan, 2 nafar xodimga tanbeh, 2 nafariga esa hayfsan intizomiy jazolari berilgan. Vaqtinça saqlaş hibsxonasi rahbari esa Içki işlar organlaridan böşatilgan.
Bildirilişiça, hozirda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça işlar boşlangan bölib, ularning töliq hal etilişi böyiça Ombudsman doimiy nazorat olib boradi.









