Prezident hokim yordamçilari nima bilan şuğullanişini yana bir bor tuşuntirdi

Prezident hokim yordamçilari nima bilan şuğullanişini yana bir bor tuşuntirdi

“Yangi tayinlangan hokim yordamçilari uyma-uy yuradi, bemor bormi, işsiz bormi, jinoyatga moyillar, uyuşmagan yoşlar bormi, har biri bilan astoydil şuğullanadi”, dedi Şavkat Mirziyoyev.

11 dekabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtning Mirzo Uluğbek tumaniga taşrif buyurdi va qator obʼektlarda böldi. Mahalla faollari, hokimiyat masʼullari bilan uçraşgan davlat rahbari yangi yölga qöyilayotgan tizim – mahallalarda iş olib boruvçi hokim yordamçilariga yuklatilayotgan masʼuliyat haqida yana bir bor batafsil tuşuntiriş berdi.

“Hozir köpçilik bu tizim qanday işlaşini anglab yetmayapti. Lekin men bu yangilikni albatta tatbiq etaman. Çunki bizda şu paytgaça pastga tuşiş, bevosita xalq bilan işlaş tizimi yöq edi, buni tan olişimiz kerak. Yangi tayinlangan hokim yordamçilari uyma-uy yuradi, bemor bormi, işsiz bormi, jinoyatga moyillar, uyuşmagan yoşlar bormi, har biri bilan astoydil şuğullanadi.

Bir kunda bitta işsizni band qilsa, bir oyda qança böladi, bir yilda-çi? Hozir asosiy eʼtiborni işsizlikni kamaytirişga qaratsak, bir yil ötgandan keyin öşa yangi işga joylaşganlarning maoşini oşiriş çoralarini köramiz.

Mahalla raislari mahallaning otasi yoki onasi sifatida asosan maʼnaviyat bilan şuğullanadi. Çunki ular sohaga aloqasi yöq juda köp işlar bilan band qilingandi. Hokim yordamçilari endi iqtisod böyiça muammolarni hal qilsa, yoşlar yetakçisi yoşlarning vaqtini mazmunli ötkaziş, ilm olişlariga eʼtibor qaratadi. Çunki kelajak faqat ilm bilan, bizning boşqaça yölimiz yöq!

Bu ikkisi raisga ikki qanotdek yordam berişadi. Aholiga madaniy tadbirlar uyuştiringlar, teatrlarga olib boringlar, kitob öqişni taşkil qilinglar. Hamid Olimjon va Zulfiya hayotini, Ötkir Hoşimov, Pirimqul Qodirov, Abdulla Oripov asarlarini bolalarimizga taniştiraylik. Bobolarimiz qanday uluğ odamlar bölganini xalqimiz anglab yetsin.

Teglar:
×