AQŞ Federal tergov byurosi özbekistonlikni ayğoqçilikka majburlagan

AQŞ Federal tergov byurosi özbekistonlikni ayğoqçilikka majburlagan

2012 yilda AQŞga kelgan Bilol federallar bilan hamkorlik qilişga majbur bölgan. Aks holda u mamlakatdan çiqarib yuborilişi aytilgandi.

Jurnalist Arun Venugopal özbekistonlik immigrant Bilol (ismi özgartirilgan)AQŞ Federal tergov byurosi tomonidan ayğoqçilikka majburlanganini yozdi.

Gothamist naşrida eʼlon qilingan maqolada taʼkidlanişiça, 2012 yili AQŞgakelgan Bilolning viza muddati ötib ketgandi. 2017 yili Nyu-York politsiyasi, immigratsiya taşkiloti mutasaddilari hamda FTB xodimlari uning uyiga kelib, noodatiy taklifni bildirgan.

Özbeklar uçun özbekistonlik ayğoqçi

Maʼlum qilinişiça, u bilan muzokara olib borgan doğistonlik hamda slavyan millatiga mansub FTB xodimlari Bilolning diniy eʼtiqodiga katta qiziqiş bildirgan.

U AQŞdagi jinoyatçilarni qölga tuşirişda kömaklaşsa, mamlakatda qonuniy qolişi, aks holda çiqarib yuborilişi aytilgan. Garçi bu iş bilan şuğullanmagan bölsa-da, Bilol taklifga könadi.

Hukumat bilan tuzilgan kelişuvda Bilolning AQŞda bölişi özining saʼy-harakatiga qarab uzaytirilişi, agar u hamkorlikdan boş tortsa, darhol deportatsiya qilinişi belgilangan.

Biloldan söralgan talab şuki, u Özbekistonda keladigan vatandoşlari bilan aloqani tiklab, ularni kuzatib borişi kerak edi. U yangi immigrantlarning diniy eʼtiqodi, siyosiy qaraşlarini örganib, maʼlumotlarni federallarga aytib turgan.

FTB terrorçilar hujumidan şunday himoyalanyapti

Milliy xavfsizlik masalalari böyiça Nyu-York universiteti eksperti Faiza Patelning aytişiça, FTB 11 sentyabr voqealaridan söng köplabmusulmon immigrantlarni oğdirib olişga harakat qilyapti.

Ayni paytda uning rasmiylar bilan munosabatlari jamoatçilikka oşkor bölgaç, Bilol deportatsiya maqsadida qölga olingan.

Teglar:
×