Germaniya 25 ming afğon qoçqinini qabul qilişga rozi

Germaniya 25 ming afğon qoçqinini qabul qilişga rozi

Yevropa Ittifoqi aʼzo davlatlarni 2022-yilgaça qoçqinlar böyiça majburiyatlarni bajarişga çaqirdi.

Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi. 

“Xavf ostidagi zaif odamlar va qoçqinlar xavfsiz va munosib yangi hayot boşlaşni kutmoqda” deyiladi Yevropa komissari Ilva Yoxansson “Reuters” agentligiga yozgan maktubida.

Qoçqinlar böyiça keyingi ikki yilda  Yevropaga 40 ming kişi joylaştirilişi kerak.

Hujjatga köra, ularning 25 mingta qoçqin  Germaniyaga  joylaşadi.  3 mingdan ortiği Niderlandiyada, 2 mingdan ortiği esa  Frantsiya va Ispaniyada,  2 mingtasi Şvetsiyada joylaştirilişi rejalaştirilgan.

 Maʼlumot uçun: avgust oyida Amerika qöşinlarining Afğonistondan olib çiqib ketilişi bilan bir vaqtda radikal “Tolibon” harakati (Rossiyada taqiqlangan) mamlakatda hokimiyatni egallab oldi. U tayinlagan hukumatning qonuniyligi hali heç qaysi davlat tomonidan tan olinmagan. “Tolibon” hukmronligi  afğon xalqi tomonidan ham qöllab-quvvatlamayapti, bu esa Yevropaga qoçqinlar oqimini oşirdi.

×