Messi va Ronaldu birga öynaşga rozi böldi

Messi va Ronaldu birga öynaşga rozi böldi

Jahon futboli yulduzlari Lionel Messi va Kriştianu Ronaldu kelajakda bir jamoa safida maydonga tuşadigan böldi. Bu haqda Karlos Teves “Footmercato” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.

Argentinalik sobiq hujumçi xayrlaşuv uçraşuvini öz vatanida, “Bombonera” stadionida ötkazişni rejalaştirmoqda. Unda Teves özi bilan birga öynagan sobiq jamoadoşlari va döstlaridan iborat ramziy öyin taşkil qilmoqçi. Ular orasida Messi va Ronaldu ham bor. Tevesning sözlariga köra, Ronaldu iştirok etişga rozilik bergan, Messini ham köndiriş qiyin bölmagan.

“Ronaldu u yerda bölişini aytdi. Leoni ham işontiriş qiyin bölmadi. Ikkalasi ham rozilik berdi. Men buni intiqlik bilan kutyapman. Bu juda taʼsirli öyin böladi”, deydi Teves.


Teves avval ham Messi va Ronalduni bir jamoada körişni orzu qilişini aytgan edi. Endi u bu ğoyani özining xayrlaşuv uçraşuvida amalga oşirişga harakat qilmoqda.

Uçraşuv 2026 yil dekabr oyida “Bombonera”da ötkazilişi rejalaştirilgan. Aniq sana hozirça rasman eʼlon qilinmagan.

Maʼlumot uçun, Teves 2022 yilda professional futboldagi faoliyatini yakunlagan. U Messi bilan Argentina terma jamoasida, Ronaldu bilan esa “Mançester Yunayted”da birga öynagan.


×