Keça, 8 dekabrb kuni Dubay (BAA) şahrida bölib ötayotgan “EKSPO-2020” Butunjahon körgazmasida Özbekiston kuni doirasida milliy pavilonda bir tonna palov tayyorladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.



Gastronomik tadbir muallifi milliy taomlar böyiça taniqli oşpaz Bahriddin Çustiy bölib, unga Özbekistonning eng sara oşpazlari yordam berdi.

Taom tayyorlaş jarayoni Özbekiston milliy paviloniga kiraverişda örnatilgan ulkan ekranda onlayn şaklda translyatsiya qilindi.

| “Yurtimiz tarixi va madaniyatiga bağişlangan tantanaga kelganlarning köpçiligini palovning xuşböy hidi, karnay va surnaylarning baland ovozdagi çaqiruvi öziga tortdi.Afsonaviy özbek palovidan tatib köriş uçun odamlarning uzundan-uzoq navbatga turgani oşpazlarimizning mahoratiga, milliy taomlarimiz tantanasiga berilgan yuksak baho böldi“, – deyiladi xabarda. |











