Boğça mansabdorlari yil boşidan beri 1,3 tonna göştni “yeb yuborgan”

Boğça mansabdorlari yil boşidan beri 1,3 tonna göştni “yeb yuborgan”

Avvalroq, Samarqanddagi boğçadan göşt öğirlaşga uringan oşpaz va xöjalik işlari mudiriga jinoyat işi qözğatilgani haqda xabar bergan edik. Tekşiruvlardan söng, boğçada mahsulotlarni talon-toroj qiliş bilan boğliq boşqa tafsilotlar ham oçiqlandi.

Tekşiruvlar natijasida maʼlum bölişiça, 2021 yil yanvaridan şu kunga qadar uşbu boğçaning mansabdor şaxslari tomonidan jami 82,8 million sömlik 1376,7 kilogramm göşt mahsulotlari talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan 28-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti mansabdor şaxslariga nisbatan 167-moddasi 2-qismi “a” va “g” bandlari (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan köp miqdorda va takroran talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Eslatib ötamiz, 28-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida  MTT boş oşpazi Öğiloy Abduraimova pişirilgan 4,7 kg göştni olib kirxonaga berkitgan va kirxona derazasidan pişgan 4,7 kg göştni MTT xöjalik mudirasi Maftuna Eşimovaga berib, uni öğirlaşga uringanda qölga tuşgandi. MTT xöjalik mudirasi Maftuna Eşimova pişgan 4,7 kg göştni MTT hovlisidan olib çiqib ketayotganda MTT tarbiyaçilari N.N. hamda M.U. uni töxtatib, mahsulotlarni talon- toroj qilayotganini körgan.

Uşbu holat böyiça MTT boş oşpazi Öğiloy Abduraimova hamda MTT xöjalik mudirasi Maftuna Eşimova bilan suhbat ötkazilganda, bu işlarni doimo 28-sonli MTT direktori Şaxnoz Umarovaning topşiriği va körsatmasiga asosan qilganini tan olgan.

×