Dubayda kub şakldagi zamonaviy masjid oçildi

Dubay Xalqaro moliya markazida zamonaviy meʼmoriy uslubda bajarilgan yangi masjid oçildi. DIFC Grand Mosque binosining maydoni 14,5 ming kvadrat futni taşkil etadi.

Islam.ru maʼlumotlari böyiça, bino yetakçi RMJM meʼmoriy byuro tomonidan işlab çiqilgan. Zamonaviy kub şaklidagi masjid 500 ibodatçilarini öz bağriga siğdira oladi. U kunu tun faoliyat yuritişi kutilmoqda.

Juda kamtarona taşqi körinişiga qaramay, masjidning içki qismi juda taʼsirli. Şunday qilib, asosiy zal haşamatli qandil bilan bezatilgan. Bino Arab meʼmoriy anʼanalarini qayta talqin yetdi. Masjidda maxsus ayollar namozgohi va juma namoziga möljallangan zal mavjud.

Khaleej Times maʼlumotlariga köra, COVID-19 ning oldini oliş böyiça belgilangan qoidalarga köra, Birlaşgan Arab Amirliklaridagi barça masjidlar binolari umumiy siğimining 50% miqdorida töldirişga ruxsat etiladi.

Ibodat qiluvçilar orasidagi xavfsiz masofa kamida 2 metr bölişi kerak. Namoz (Azon) ga çaqiriş bilan namozning özi (Saloh) orasidagi vaqt oraliği 5 daqiqani taşkil etadigan şom namozi (Mağrib)ni mustasno etganda 10 daqiqaga oşirildi.

Ibodat qiluvçilar öz joynamozlarini olib kelişlari, masjidda hamma vaqt niqob kiyib, uyda tahorat qilib kelişlari talab qilinadi. 60 yoşdan katta keksalar, 12 yoşgaça bolalar va surunkali kasalliklar bilan oğriganlar yoki uyda COVID-19 ga çalingan bemorlar bölganlarga uyda ibodat qiliş va masjidlarga bormaslik tavsiya etiladi.

Masjidga namoz öqiş uçun kelgan har bir kişi Al Hosn ilovasini smartfoniga yuklab olişi kerak.

Qurʼonni ham faqat elektron variantda öqiş mumkin. Kiriş va çiqişda töplaniş, qöl siqiş va bir-biri bilan quçoqlaşib körişiş taʼqiqlanadi.

Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

×