Özbekistonda 1 avgustdan iş haqi, pensiya va stipendiya miqdori oşiriladi

Özbekistonda 1 avgustdan iş haqi, pensiya va stipendiya miqdori oşiriladi

2019 yilning 1 avgustdan boşlab byudjet muassasalari va taşkilotlari xodimlarining iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori örta hisobda 10% ga oşiriladi.

 Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2019 yilning 1 avgustdan boşlab byudjet muassasalari va taşkilotlari xodimlarining iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori örta hisobda 1,1 (10%)  baravar oşirildi.

2019 yilning 1 avgustdan boşlab Özbekiston hududida eng kam:

- iş haqi – oyiga 223 000  söm;

- yoşga doir pensiyalar – 436 150 söm;

- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150  söm;

- zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 söm miqdorida belgilandi.

2019 yil 1 avgustdan boşlab:

- II guruh nogironligi bölgan şaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoşga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 75 foiziga oşiriladi;

- II guruh nogironligi bölgan yolğiz şaxslar – pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori eng kam iş haqining 50 foizidan 75 foiziga oşiriladi;

- boquvçisini yöqotganlik nafaqasi miqdori mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari soniga amaldagi foizlar nisbati saqlangan holda yoşga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib çiqib belgilanadi.

2019 yilning 1 avgustidan I guruh nogironlik nafaqasi, şuningdek, 16 yoşdan katta bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvçilarga har oyda eng kam iş haqining 25 foizi miqdorida qöşimça tölov joriy qilinadi.

×