Hammasi yöldagi mojarodan boşlangan — Qozoğistondagi fojea sababi aytildi

Hammasi yöldagi mojarodan boşlangan — Qozoğistondagi fojea sababi aytildi

Qozoğistonda qozoq va dungan millatiga oid aholi örtasida janjal kelib çiqqani va natijada 10 kişi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Qozoğiston içki işlar vaziri örinbosari Aleksey Kalayçidi uşbu janjal haydovçilar örtasida yöl talaşiş oqibatida kelib çiqqanini maʼlum qildi.

Kalayçidiga nima sababdan dunganlar mojaro boşlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda yozib, politsiyadan yordam söralgani hamono huquq-tartibot xodimlari yuborilmagani haqida savol berildi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda faqat 7 fevralda yoza boşladilar. Agar 6 fevralda yozilganda, öşa kuni politsiya safarbar qilingan bölardi.

Biz qonunda körsatilgan çora va tadbirlarni qölladik. Yaʼni, janjal qatnaşçilarini qölga oldik va ularga nisbatan jinoiy iş oçdik. Vaziyat jiddiylaşgandan söng esa qöşni tumanlardan xodimlar yetib kela boşladi.

Nima sababdan qöşimça kuçlar keç yetib keldi. Buni tuşunsa böladi, Masançi qişloği viloyat markazidan 370 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Samolyotda uça olmaysan, avtotransportda yetib oliş uçun esa vaqt kerak, — deydi Kalayçidi.

Vazir örinbosarining taʼkidlaşiça, janjal çiqişiga haydovçilar örtasidagi yöl talaşişi sabab bölgan. Dastlabki kelişmovçilik 5 fevralda boşlangan.

— Janjalga yöl talaşiş sabab bölgan. Uç kişi avtomobilda ketayotgan bölgan, şu vaqtda yana uç kişi yuk maşinasida yölning harakat qismiga çiqib ketgan. Janjal kimdir kimgadir yöl bermaganidan boşlangan. Keyin odatda bölib turganidek, oğzaki janjal muştlaşuvga aylangan, — dedi Kalayçidi.

Eslatib ötamiz, dastlabki xabarlarga köra ommaviy tartibsizliklar kelib çiqişiga qariya çol kaltaklanişi sabab qilib körsatilgan edi. Vazir örinbosari bu savolga ham javob berib ötdi.

— Qariya muştlaşuvda jarohatlangan. Men sizga bir gap aytmoqçiman, ayni vaqtda hodisa sabablari tahlil qilinmoqda va birinçi navbatda huquqbuzarlikda qatnaşgan odamlar şaxsini aniqlamoqdamiz. Biz har bir huquqbuzarni topişimiz şart, — deya javob berdi Kalayçidi.

×