Emomali Rahmon va Sooronbay Jeenbekov ikki davlat çegarasida uçraşdi

Emomali Rahmon va Sooronbay Jeenbekov ikki davlat çegarasida uçraşdi

Tojikiston va Qirğiziston rahbarlari çegara hududidagi aholi bilan qöşma uçraşuv ötkazişdi.

 Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon qirğiz-tojik çegarasida uçraşdi. Bu haqda Qirğiziston rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda taʼkidlanişiça, ikki davlat rahbari çegara hududidagi aholi bilan qöşma uçraşuv ötkazişgan.

Mahalliy aholi bilan uçraşuvda ikki davlat rahbarlari tinçlik va totuvlik, xalqlar örtasidagi köp asrlik döstlikni saqlaş muhimligini qayd etdilar. Şuningdek, çegaradagi mavjud bölgan barça muammolarni bartaraf etiş uçun çora körişga tayyor ekanini taʼkidladilar.

Maʼlum qilinişiça, ikki davlat yetakçilari muzokaralarni davom ettiriş uçun Tojikiston Respublikasining Isfara şahriga yöl olişgan.

Eslatib ötamiz, 22 iyul kuni Tojikiston va Qirğiziston çegarasida navbatdagi qurolli mojaro yuz berdi. Qirğiziston davlat çegara xizmati maʼlumotiga köra, Tojikiston Vorux qişloği aholisi aholi punktiga kiriş joyiga bayroq örnatmoqçi bölişgan, Oq-Soy (Qirğiziston) qişloği ahli esa bunga qarşi çiqişgan. Oğzaki tortişuv davomida tomonlardan biri qurol işlatgan. Otişma oqibatida bir nafar tojikistonlik öqituvçi halok böldi, 16 kişi jarohatlandi, bir nafar militsiya xodimi oğir ahvolda.

Keyinçalik Tojikiston çegara xizmati uşbu voqeani Tojikiston rahbari Emomali Rahmon va Qirğiziston rahbari Sooranbay Jeenbekovning uçraşuvi arafasidan uyuştirilgan iğvo deb atadi.

×