Hokimning qarori yolğonmidi? Yoxud Captiva prokuraturaga biriktirilmagan

Hokimning qarori yolğonmidi? Yoxud Captiva prokuraturaga biriktirilmagan

Boysun tumani hokimiyati balansida bölgan, 2013 yilda işlab çiqarilgan Captiva-2 rusumli transport vositasi operativ boşqaruv huquqi bilan tuman prokuraturasiga ötkazib berilgani haqida xabar berib ötgan edik. Mazkur xabar Boysun tumani hokimi qaroriga asosan havola qilingan va mazkur qaror e-qaror.gov.uz saytida çop etilgan.

Ammo Surxondaryo viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabariga köra, Boysun tumani prokuraturasiga xizmatda foydalaniş uçun uşbu rusumdagi transport vositasi biriktirilmagan.

Şuningdek, viloyat prokuraturasi yolğon xabar tarqatganlik uçun qonunçilikda javobgarlik belgilangani haqida yana bir bora eslatib ötmoqda.

×