Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 2021 yilning 10 oyida Böka tumani aholisidan qariyb 5 ming 490ta murojaat kelib tuşgan bölib, ularning 4 ming 670dan ziyodi yaʼni 85,2 foizi qanoatlantirilgan.
Jumladan anaşunday murojaatçilardan biri, Toşkent viloyati, Böka tumanidagi “Qoraqöyli” qişloğida yaşaydigan fuqaro Xayriniso Dehqonboyeva öziga doimiy iş topiş va farzandini bolalar boğçasiga beriş maqsadida Prezident Xalq qabulxonasi taşkil qilgan tuman sektorlari rahbarlarining sayyor qabuliga borgan edi.
Biroq davlat maktabgaça taʼlim muassasalariga ularning elektron navbati kelganda, farzandi allaqaçon maktabga qabul qilingan bölgan va öz sohasi böyiça doimiy iş topişi uçun esa bir muddat kutişi lozimligi maʼlum böldi.
Masʼullar ayol bilan suhbat çoğida uning salohiyatini baholab, öz uyida oilaviy boğça oçişni taklif etişdi va buning uçun bankdan 30 mln. söm kredit olib, oilaviy boğça oçiş, xonalarni taʼmirlaş va jihozlaş işlari qilindi. Şu tariqa “Qoraqöyli” mahallasida 50 örinli “Beğubor bolalik” oilaviy boğçasi iş boşladi.
Oradan beş oy ötib esa, ayol özining ota hovlisida ikkinçi – “Ilk qadam” xususiy bolalar boğçasini işga tuşirdi.
Bugunga kelib bu ikki muassasada örta maxsus maʼlumotli 10 nafardan ortiq pedagog ayollar 100 nafar bökalik bolalarga taʼlim-tarbiya bermoqda. Tadbirkor ayol esa endi mahallasidan 40 sotix yer sotib olib, 200 örinli nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti barpo etişga kirişgan.









