Soğayganlar 32 mingdan, kasallanganlar 36 mingdan oşdi

Soğayganlar 32 mingdan, kasallanganlar 36 mingdan oşdi

Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda bugun hozirça 482 bemor koronavirusdan tuzalib, şu vaqtgaça kasallikdan soğayganlar soni 32 mingdan oşgani haqida xabar berdi.

2020 yil 18 avgust soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 173 nafarga oşib, 36 100 nafarni taşkil etmoqda.

•    2 nafari Farğona viloyatida tana harorati kötarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

«Bugun ayni paytga qadar mamlakatimizning 7ta hududida koronavirus infektsiyasidan davolanayotgan bemorlardan 482 nafari soğaydi.

Şunday qilib, ayni paytda yurtimizda koronavirus infektsiyasidan tuzalganlar soni 32 062 nafarga, soğayiş körsatkiçi esa 88 foizga yetdi», deyiladi vazirlik xabarida.

Tuzalganlar (+482)
Toşkent şahrida 324 nafar;
Toşkent viloyatida 87 nafar;
Samarqand viloyatida 34 nafar;
Buxoro viloyatida 20 nafar;
Surxondaryo viloyatida 8 nafar;
Andijon viloyatida 7 nafar;
Farğona viloyatida 2 nafar.

Yangi holatlar (+425)
Bugun hozirça respublikaning 5 hududida tana harorati kötarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 425ta kasallaniş holati aniqlangan.

  • Toşkent şahrida 384 holat;
  • Samarqand viloyatida 26 holat;
  • Namangan viloyatida 9 holat;
  • Andijon viloyatida 4 holat;
  • Farğona viloyatida 2 holat.

Ölim holatlari (+4)
Bugun hozirça Toşkent şahrida 3, Toşkent viloyatida 1 ölim holati qayd etildi va Özbekistonda rasmiy statistikaga köra ölimlar soni 242taga yetdi.

  • Yaşnobod tumanida yaşagan 60 yoşli D.P. (ayol);
  • Uçtepa tumanida yaşagan 52 yoşli A.E. (erkak);
  • Yunusobod tumanida yaşagan 67 yoşli M.Yu. (ayol);
  • Angren şahrida yaşagan 61 yoşli M.G. (ayol).

Hozirda mamlakatimizda 4 048 nafar bemorga şifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.

Şu bilan birga, Yaşnobod tumanida yaşagan 60 yoşli D.P. (ayol) hamda Uçtepa tumanida yaşagan 52 yoşli A.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda Özbekistonda 31 580 nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (87 foiz) soğaygan.

Hozirda mamlakatda 4 280 nafar bemorga şifokorlar tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda. Ulardan 593 nafari oğir, 178 nafari esa öta oğir ahvolda.

×