Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi axborot xizmati maʼlum qilişiça, örganişlar natijasi moddiy madaniy meros obʼektlariga reklama bannerlarini örnatiş holatlari uçrab turganligini körsatdi. Bu esa qonun tomonidan taʼqiqlangan.
Agentlik tomonidan respublika böylab 386 ta moddiy madaniy meros obʼektlarida taşqi reklamani joylaştiriş böyiça örganişlar olib borildi. Örganişlar şuni körsatdiki, tarixiy obidalarga 25 dan ortiq holatda ruxsatsiz reklama joylaştirilganligi aniqlandi va tuşuntiriş işlari olib borildi. Hozirda bu masala yuzasidan tegişli çoralar körilmoqda. Hozirgi kunda milliy mersolarni asraş böyiça qança taşkiliy işlar qilnmasin haligaça şunday noxuş holatlar ham uçrab turibdi.



Maʼlum qilinişiça, eng köp qoidabuzarliklar oçiq osmon ostidagi muzey sifatida eʼtirof etilgan tarixiy Buxoro şahrida aniqlandi. 1858-1859-yillarda qad rostlagan Ibrohim Oxund madrasasi (M.Ambar köçasi, 117-uy) devori böylab bir vaqtning özida bir neça: gazlama ustaxonasi, gözallik saloni va maişiy texnikani taʼmirlaş böyiça taşqi eʼlonlar joylaştirilgan.









