Tarixiy faktlar Karimovning 2 sentyabrda emas, 28 avgust kuni vafot etganini tasdiqlamoqda

Tarixiy faktlar Karimovning 2 sentyabrda emas, 28 avgust kuni vafot etganini tasdiqlamoqda

Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 2 sentyabr kuni 78 yoşida vafot etgani xabar qilingan. U 3 sentyabr kuni özi tuğilib ösgan Samarqand zaminiga dafn etilgan edi. 

Marhum Karimovning vafot etgani 2 sentyabr kuni eʼlon qilinganiga qaramay, tarixiy hujjatlar va uni davolaş jarayonida iştirok etgan şifokorlar sobiq davlat rahbari aslida 28 avgust kuni olamdan köz yumganini tasdiqlaydi. 

QALAMPIR.UZ’ning örganişlari şuni körsatmoqdaki, Bemor Islom Karimov, 78 yoşda, 27 avgust kuni ertalab soat 09.00 da huşsiz holatda zudlik bilanÖzbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi Tibbiyot-sanitariya birlaşmasining Markaziy klinik şifoxonasiga olib kelinadi. 

Ötkazilgan tekşiruvlar, jumladan, boş miya kompyuter tomografiyasi bemorda boş miya qon aylanişi ötkir buzilişi subaraxnoidal qon quyiliş asorati bilan (insult) aniqlangan. Arterial qon bosimi 250/120 mm. simob ustuniga teng. Bemorda yurak faoliyatining töxtaşi kuzatilgan. 20 daqiqa davomida olib borilgan reanimatsion muolajalar natijasida yurak faoliyatini tiklaşga erişilgan. Bemor miya özagi faoliyati buzilişi oqibatida atonik koma holatiga tuşdi va sunʼiy nafas oliş apparatiga ötkazildi. 

27 avgustdan 28 avgustga ötar keçasi bemor yetakçi xorijiy klinikalarining neyroxirurglari, kardiolog va reanimatologlari – A.N.Bakulev nomidagi Yurak-tomir xirurgiyasi ilmiy markazi direktori, akademik L.Bokeriya, N.N.Burdenko nomidagi neyroxirurgiya ilmiy markazi direktori, akademik A.A.Potapov (Rossiya), Gannover xalqaro neyroxirurgiya institutining vitse-prezidenti va ijroçi direktori, professor Amir Sami (Germaniya), Kardiotorakal markaz direktori, professor Jilli Dreyfus (Monako), Xeydelberg universiteti klinikasining kardiologiya bölimi rahbari, professor Xyugo Katus (Germaniya), Xelsinki universiteti Markaziy gospitalining neyroxirurgiya bölimi professori Yuka Xernisniyemi (Finlyandiya) tomonidan tibbiy körikdan ötkazilgan. 

“Özbekiston mutaxassislari bilan hamkorlikda ötkazilgan konsilium natijasida keyingi davolaş rejasi belgilab olindi”, deyilgan edi öşa vaqtda Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tarqatilgan axborotda.

Bemorning nevrologik holati avval boşdan atonik koma sifatida qayd etilgan. Nevrologik statusda diffuz muşak atoniyasi, arefleksiya kuzatilgan. Bemorga uç marotaba dinamik elektroentsefalografik tekşiruv ötkazilib, unda boş miyaning bioelektrik faolligining susayişi aniqlangan. 

Ötkazilgan intensiv terapiya jarayonida bemorning içki aʼzolari (qon tomir, nafas oliş, qon iviş tizimlari, buyrak va jigar) faoliyatining asta-sekin buzilişi – poliorgan yetişmovçiligi kuzatilgan. 

“Yuqorida qayd etilgan töliq hajmdagi diagnostika-davolaş muolajalari va intensiv terapiya çora-tadbirlari ötkazilganiga qaramasdan 2016 yil 2 sentyabr kuni soat 20:15 da yurak faoliyati töxtagan. 

Amalga oşirilgan intensiv reanimatsiya tadbirlari natija bermadi va bemorda soat 20:55 da biologik ölim holati qayd etildi”, deyilgan rasmiy axborotda.

Qayd etilganidek, mazkur jarayonlarda A.N.Bakulev nomidagi Yurak-tomir xirurgiyasi ilmiy markazi direktori, akademik Leo Bokeriya ham qatnaşgan. 27 avgustdan 28 avgustga ötar keçasi maxsus reys bilan Özbekistonga kelgan Leo Bokeriya Toşkentga kelganida Karimovni saqlab qolişning imkoni qolmagani va vaziyatdan avval boşidanoq şunday bölganini qayd etgan. U intervyularidan birida şunday degan:

“...menga kutilmaganda qönğiroq qilib, Islom Karimov bilan yuz bergan holat haqida xabar berişdi. Bu musaffo osmon uzra gumburlagan momaqaldiroqdek edi.Toşkentga uçib kelganimda heç narsaning iloji qolmagandi, vaziyat aslida boşidan şunday bölgan bölsa kerak. Bu kutilmaganda yuz bergan dard va uning qanday yakunlanişi maʼlum edi”.

Islom Karimovning betobligi haqida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2016 yilning 28 avgust kuni ilk rasmiy axborotni eʼlon qilgan edi. 

Bu orada mamlakatda va xorijda Islom Karimovning vafot etgani bilan boğliq xabarlar tarqaldi. Ammo Hukumat ham, Prezident devoni ham, mamlakatning xorijdagi elçixonalari ham 2 sentyabr oqşomiga qadar bu maʼlumotni tasdiqlagani yöq. 28 avgust kunidan boşlab turli xorijiy internet naşrlarda Karimovning vafoti eʼlon qilina boşladi. Hali Vazirlar Mahkamasining IslomKarimovning vafoti haqidagi rasmiy xabari eʼlon qilinmay turib, TurkiyaRespublikasining öşa vaqtdagi Boş vaziri Binali Yildirim OAV orqali IslomKarimovning vafot etganini maʼlum qilib, Özbekiston xalqiga taʼziya bildirgan edi.
Manba: Aniq.uz

×