Toşkentda 16 ta radar va videokamera örnatiş joylari onlayn auktsionga çiqarildi. Auktsionda eng arzon boşlanğiç narx 4 million 50 ming bölsa, eng qimmati 81 million sömga baholanmoqda.
Eng qimmat obʼekt Gavhar köçasi "Olmazor" metro bekati yonida va Bunyodkor köçasi “Toşkent” avtovokzali oldida joylaşgan. Bu yerda 10 ta videokamera örnatiş mumkin. Uşbu obʼektning boşlanğiç narxi auktsionda 81 million sömga baholanmoqda.
Şuningdek, kimoşdi savdosiga Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti yaqinidagi çorraha ham qöyilgan. Bu yerda 8 ta videokamera örnatiş mumkin. Obʼektning boşlanğiç narxi 32 mln 4 ming söm.
Turkiston köçasi, Toşkent şimoliy temir yöl vokzali oldida 5 ta kamera örnatiş mumkin. Uşbu joyning boşlanğiç narxi 20 mln 25 ming söm deb belgilangan.









