BAA jumani dam oliş kunlari qatoridan çiqardi

BAA jumani dam oliş kunlari qatoridan çiqardi

Birlaşgan Arab Amirliklarida juma kuni iş kuni etib belgilandi. Amirlik bu borada birinçi musulmon davlati böldi. Bu haqda WAM mahalliy axborot agentligi xabar berdi.

Musulmonlar uçun juma muqaddas kun bölib, aksar musulmon mamlakatlarida haftaning bu kuni dam oliş kuni hisoblanadi va iş haftasi yakşanba kunidan boşlanadi.

“Hafta içida dam oliş kunlari yarim kunga uzaytirildi, haftalik dam oliş kunlari şanba va yakşanba, şuningdek juma kuni iş kunining yarmi. Juma kuni rasmiy iş vaqti tört yarim soat, soat 7:30 dan 12:00 gaça”, deyiladi xabarda.

Şu bilan birga BAA hukumati masjidlarda juma namozlari mahalliy vaqt bilan soat 13:15 da boşlanişini maʼlum qildi. Odatda juma namozi soat 11:00 da boşlanadi va 13:00 da tugaydi.

Davlat idoralarida işlaydiganlar juma kuni masofadan turib işlaşlari mumkin.

×