Dam oliş kunlari ob-havo qanday böladi?

Dam oliş kunlari ob-havo qanday böladi?

Dam oliş kunlari juda issiq böladi, deyiladi maʼlumotda.

Qayd etilişiça, dam oliş kunlari mamlakatimiz hududiga Eron hududlaridan juda issiq va quruq havo kirib kelişi davom etadi.

Uşbu kunlarda harorat foni iqlimiy meʼyorlardan 5-7 darajaga yuqori böladi.

Kunduzi havo harorati 40-45 daraja atrofida, janubda va çöl zonalarida baʼzi joylarda 47 darajagaça bölişi kutilmoqda.

«Quyoş uruşini oldini oliş maqsadida kunning ikkinçi yarmida töğridan-töğri quyoş nurlari ostida bölmaslikka harakat qiling! Özingizni asrang», deyiladi xabarda.

Respublikaning ayrim joylarida şamol 15-20 m/s gaça kuçayişi, baʼzi joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi kutilmoqda.

Qirğiziston hududidan Farğona viloyatining toğ oldi va toğli hududlari böyiça glyatsial (muz) sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

×