Hindiston Boş vaziri Narendra Modi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvi yakunida unga özi tuğilgan Gujarat ştatida işlab çiqarilgan uçta aqiq (qizil rangli qimmatbaho toş) kosa sovğa qildi. Bu haqda “Zee News” telekanali xabar bermoqda.
Xabarlarga köra, qimmatbaho kosalar Hindistonning ğarbiy ştatida aqiqdan mahsulot tayyorlaş anʼanasini tavsiflovçi maʼlumot yozilgan ikkita qutida taqdim etilgan.
Qayd etilişiça, Rossiya Prezidentiga sovğa qilingan kosalar Arab dengizi sohilidagi Kambat şahrida tayyorlangan. Bu joyda aqiqdan mahsulotlar yasaş anʼanasi bir neça ming yillarga borib taqaladi.
Eslatib ötamiz, Putin keça Nyu-Dehlida Narenda Modi bilan muzokaralar ötkazdi. Ikki davlat rahbarlarining bu uçraşuvi 2021 yil hisobida birinçisi böldi. Avvalgi ikki tomonlama muzokaralar 2019 yil sentyabr oyida Hindiston Boş vazirining Vladivostokka taşrifi çoğida bölgan. Ular örtasidagi keyingi suhbat 2019 yil noyabr oyida Braziliyada BRICS sammiti doirasida bölib ötgan edi. Yillik sammit pandemiya tufayli 2020 yilda ötkazilmadi.
Maʼlumot örnida, virtual sammitlardan taşqari, Putin va Modi 2019 yilning noyabr oyidan beri olti marta telefon orqali muloqot qilgan.









